«Lester» yarimhimoyaçisi Riyoz Mahrezning feysbuk va tvitterdagi rasmiy sahifalari buzib kirilgan. Bu haqda RMC Sport naşri xabar tarqatdi.
Eslatib ötamiz, oldinroq Mahrezning feysbukdagi sahifasida u futbolçilik faoliyatini yakunlagani haqida e'lon qilgandi. Ma'lum bölişiça, akkaunt buzib kirilgan va u yerda yolğon xabar tarqatilgan. Mahrez yaqin örtada futbolçilik faoliyatini yakunlaş niyatida emas.
«Lester» ham Riyoz Mahrezning faoliyatini yakunlagani haqidagi xabarlarni inkor etib çiqdi.
Mirror naşri tarqatgan xabarga köra, «Lester» klubi Mahrezning «Feysbuk»dagi akkaunti hakerlar tomonidan buzilgani haqida bayonot bergan.
27 yoşli futbolçini yozda «Roma», «Çelsi» va «Barselona» jamoalari sotib olişni istagandi, yanvarda esa «Mançester Siti» bu taklif bilan çiqqan, ammo jamoalar «Lester» bilan transfer borasida kelişa olmagani ma'lum bölgandi.












