Londondagi «Uembli» stadionida 20 mingdan ortiq tomoşabin qarşisida ötkazilgan Angliya kubogi finalida «Lester» «Çelsi»ni mağlub etib, eng qadimiy turnir boş sovriniga ega çiqdi.
Uçraşuvning 63-daqiqasida Yuriy Tilemans çamasi 30 metrlardan yöllagan kuçli zarbasi bilan Arrisabalaga darvozasini işğol etdi – 1:0.
Öyinning sönggi daqiqalarida Rojyers tomonidan zaxiradan maydonga tuşirilgan Morgan 88-daqiqada öz darvozasini işğol qilib qöygan edi, ammo vaziyatga VAR aralaşib, gol bekor qilindi.
Natijada, «Lester» «Çelsi» bilan bahsda minimal hisobdagi ustunlikni saqlab qolgan holda öz tarixida ilk bor Angliya kubogi sohibiga aylandi.
Angliya kubogi. Final. 15 may
Çelsi – Lester 0:1
London, Uembli, 21 ming tomoşabin.
Gol: 0:1 – 63 Tilemans.
Çelsi – Arrisabalaga, Jyeyms, Tiago Silva, Aspilikueta (Hadson-Odoi, 76), Alonso (Çiluell, 68), Ziyoş (Pulişiç, 68), Jorjino (Haverts, 75), Maunt, Kante, Ryudiger, Verner (Jiru, 82).
Lester – Şmeyxel, Kastan, Fofana, Evans (Olbrayton, 34), Tomas (Morgan, 82), Ndidi, Tilemans, Peres (Çouduri, 82), Suyunju, Iheanaço (Meddison, 67), Vardi.













