Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat taşrifidan ulkan natijalar kutilmoqda.

Prezidentning matbuot kotibi Komil Allamjonovning ma'lum qilişiça, taşrif doirasida imzolaş uçun 27 hujjat tayyorlangan. Davlat rahbarlarining Qöşma bayonoti, Özbekiston – Tojikiston davlat çegarasining alohida uçastkalari töğrisidagi şartnoma, Fuqarolarning özaro qatnovi töğrisidagi bitim şular jumlasidandir.

Şuningdek, taşrif doirasida ötkaziladigan biznes-forum va Özbekiston milliy sanoat körgazmasida umumiy qiymati 140 million dollardan ziyod bölgan tijorat şartnomalari imzolanişiga kelişilgan.

«Bilasiz, Prezidentimiz konstruktiv iş olib boradi va masalalarni joyida hal qiladi. Şu nuqtai nazardan, taşrif paytida kelişuvlar miqdori yanada oşişi mumkin», deydi Komil Allamjonov.

Şavkat Mirziyoyev 9-10 mart kunlari Duşanbeda böladi.