Özbekistonlik ön töqqiz yoşli Oleg Şuşunov Moskva viloyatida bir qizni daydi itlar hujumidan himoya qila turib, hayotdan köz yumdi. Bu haqda “Xalq sözi” yozmoqda.

Aytilişiça, dovyurak bola töqqizta oç itni qizdan çalğitib qörqitişga uringan paytda itlar galasi uni ğajib taşlagan. 

Fojia Jyeleznodorojnaya köçasidagi turarjoy yaqinida sodir bölgan. 26 yoşli qiz keçasi dugonasinikidan qaytib kelayotganda, unga uysiz hayvonlar taşlanib qolgan.

“Yana biroz yurganda itlar uni burdalab taşlardi. Şu payt qayerdandir qölida tayoq bilan yoş yigit paydo bölib qoldi. “Olov”ni öziga olar ekan u jahli çiqqan köppaklarni goh öng, goh çap tomonga itqitardi, ammo kuçlar teng emasdi. Qöşnilar yordamga yetib borgunça, itlar Olegni tiriklayin çaynab taşladi”, — deyiladi xabarda.

Beş nafar katta yoşli erkaklar kelgandan sönggina, köppaklarni haydaşning uddasidan çiqildi. Voqea joyiga yetib borgan şifokorlar ayolni şifoxonaga yuborişdi. Jarrohlik amaliyotidan söng uning ahvoli oğirligiça qolgan.

Qurbon bölgan Oleg Şuşunovning oilasi Özbekistondan Rossiyaga köçib borganiga tört yil bölgan edi. Oleg beva qolgan turmuş örtoği bilan bir neça oydan söng farzand körişni kutişayotgan edi. 

Naşrga köra, ayni paytda mahalliy huquq-tartibot organlari tomonidan uşbu voqea böyiça tekşiruv işlari olib borilyapti.