Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev “Buyuk qozoq şoiri va mutafakkiri Abay Qönonboyev ijodiy merosini keng örganiş va tarğib qiliş töğrisida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni ÖzA tomonidan keltirilgan.
Qaror bilan Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, Taşqi işlar vazirligi, Özbekiston Matbuot va axborot agentligi, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi, Özbekiston Fanlar akademiyasi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan döstlik aloqalari qömitasi va jamoatçilik vakillarining xalqimizning qardoş Qozoğiston xalqiga, uning betakror adabiyoti va madaniyatiga, yoruğ kelajagiga bölgan hurmati va işonçining yorqin ifodasi sifatida yurtimizda buyuk qozoq şoiri va mutafakkiri Abay Qönonboyev ijodiy merosini keng örganiş va tarğib qiliş töğrisidagi takliflari ma'qullandi.
Buyuk qozoq şoiri va mutafakkiri Abay Qönonboyev ijodiy merosini keng örganiş va tarğib qilişni taşkil qiliş böyiça taşkiliy qömita (keyingi örinlarda Taşkiliy qömita deb ataladi) tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlandi.
Taşkiliy qömita bir oy muddatda Abay Qönonboyev ijodiy merosini keng örganiş va tarğib qiliş böyiça tegişli çora-tadbirlar rejasini işlab çiqadi.
Uşbu çora-tadbirlar rejasida:
Abay Qönonboyevning “Saylanma” asarini hamda “Özbek va qozoq adabiy aloqalari” nomli adabiy-tahliliy maqolalar töplamini naşrga tayyorlaş va çop etiş;
Nizomiy nomidagi Toşkent davlat pedagogika universitetida “Abay va özbek adabiyoti” nomli doimiy ekspozitsiyani taşkil etiş;
har yili şoir tuğilgan 10 avgust sanasida Toşkent şahrida örnatilgan Abay Qönonboyev haykali poyiga gul qöyiş marosimi va muşoira ötkaziş;
öquvçi va talaba-yoşlar örtasida “Abay asarlarining bilimdoni” inşolar körik-tanlovini ötkaziş;
ommaviy axborot vositalarida Abay Qönonboyev hayoti va ijodi haqida turkum körsatuv va eşittirişlar, maqolalar berib boriş;
Abay Qönonboyev hayoti va ijodi haqida yaratilgan badiiy va hujjatli filmlarni Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi telekanallari orqali namoyiş etiş;
mamlakatimizdagi oliy va örta maxsus, kasb-hunar, umumiy örta ta'lim muassasalari, harbiy qismlar, mehnat jamoalari va mahallalarda taniqli şoir va yozuvçilar, olimlar iştirokida uçraşuvlar, adabiy keçalar taşkil etiş tadbirlari közda tutiladi.
Mazkur qarorning bajarilişini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasining boş vaziri A.Aripov va Özbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatçisi X.Sultonov zimmasiga yuklandi.












