Surxondaryo viloyati Koreya Respublikasi fuqarolari uçun salohiyatli xavfli hududlar röyxatidan çiqarildi. Bunga qadar viloyat yuqori xavfga ega hududlar qatoriga kirgan va sayohat uçun tavsiya qilinmagandi. Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi matbuot xizmatining xabar berişiça, Qömitaning bu boradagi sa'y-harakatlari öz natijasini berdi.

Koreya Respublikasi elçisi Kvon Yon-U viloyatga taşrif buyurdi, rivojlanayotgan infratuzilma hamda mintaqada olib borilayotgan işlar bilan tanişdi va turistik sanoat rivojlanişiga doir ma'lumotlarga ega böldi. Jumladan, u mamlakatning bir neça sayyohlik markazida muvaffaqiyatli amalga oşirilgan turistik politsiya faoliyati va xavfsiz turizm konsepsiyasi bilan yaqindan tanişdi.

Şu munosabat bilan 2 martdan e'tiboran Koreya Respublikasi Taşqi işlar vazirligi Termiz va Afğonistonga çegaradoş hududlarni Koreya fuqarolari uçun sayohat vaqtida alohida e'tibortalab hududlar röyxatiga kiritişga doir qarorini bekor qildi. Bu minglab koreyaliklarning Özbekistonga sayohat qilişi uçun imkon yaratadi, şuningdek mamlakat bilan iqtisodiyot, turizm va madaniyat sohalarida hamkorlikni rivojlantirişga turtki beradi.