Germaniya prezidenti Frank-Valter Ştaynmayyer 14 mart kuni Germaniyaning yangi kansleri va u bildirgan vazirlarni lavozimlarida tasdiqlaydi. Germaniya kansleri lavozimini törtinçi marotaba Angela Merkel egallaydi.
Avvalroq Ştaynmayyer Merkel nomzodini uşbu lavozimga ilgari surganddi. Bundestag deputatlarining aksariyati Merkelni qöllab-quvvatlagani sababli ovoz beriş şunçaki texnik köriniş oladi.
Germaniyada 2017 yil sentabrda bundestagga saylovlar bölib ötgan, undan keyin koalitsiyani şakllantiriş böyiça muzokaralar boşlangan. 12 mart kuni Berlinda muzokaralar iştirokçilari – Merkel boşçiligidagi Xristian-demokratik ittifoq, Xorst Zeyexofer boşçiligidagi Xristian-sotsial ittifoq va Olaf Şolts boşçiligidagi Germaniya sotsial-demokratik partiyasi bölğusi hukumatning keyingi 4 yilga siyosiy yönalişini belgilab beruvçi koalitsiyaviy kelişuvni imzolaşgan.
Germaniya kansleri vakolatlariga federal vazirlarni tayinlaş va siyosiy yönalişni belgilaş kiradi. Kantsler bundestag tomonidan 4 yilga saylanadi va işonçsizlik bildiriş orqali muddati yakunlanişidan oldin lavozimidan çetlatilişi mumkin.
Kantsler nomzodi prezident tomonidan ilgari suriladi. Merkel hukumatiga kirgan partiyalar bundestagda köpçilikka (399 örin yoki 56 foiz ovoz) ega bölgani sababli ovoz beriş formal körinişda böladi.












