Germaniyaning sport kiyimi va ekipirovkasi işlab çiqaruvçi Adidas kompaniyasi bir yil davomida Rossiya hamda MDHdagi xodimlari sonini 26 foizga qisqartirdi. Bu haqda RNS guruhning moliyaviy hisobotiga asosan xabar bermoqda.

2017 yilning 31 dekabr holatiga köra, Adidas xodimlarining umumiy soni 56,8 ming kişiga teng bölgan, ulardan Rossiya va MDHda – 16 foiz (9,1 ming). Bir yil muqaddam Adidas ştati 58,9 ming kişini taşkil etgan, ulardan Rossiya hamda MDHda 21 foizi  (12,4 ming kişi) işlagan.

“Körsatkiçlar biroz yomon. Biroq, Rossiya muhim bozor bölib qolişda davom etadi hamda kompaniya uning rivojiga sarmoya kiritadi”, - deya xabar bergan Adidas matbuot xizmati.

Adidas’ning Rossiya va MDHdagi sotuvlari hajmi 3 foizga kamaydi hamda 660 mln yevroni taşkil etdi. Kurslar orasidagi farq e'tiborga olinmasa, pasayiş deyarli 13 foizni taşkil etdi. Kompaniya bunday yöqotişni iste'molçilar kayfiyati va mamlakatlarda dökonlar sonining kamayişi bilan izohladi.

2017 yilda Adidas butun dunyo böylab 487 dökonni yopdi hamda 264ta yangi obektni oçdi.