Özbekiston va Qirğiziston davlatlararo törtta yangi avtobus yönalişlarini oçiş ustida iş olib boryapti. 

“Xalq sözi” naşrining yozişiça, ayni paytda ikki mamlakatning bu boradagi vakolatli organlari örtasidagi muhokamalar yakuniy bosqiçga kirdi.

“Biz yaqin oylarda “Toşkent — Bişkek”, “Farğona — Öş”, “Andijon — Öş” yönalişlarida avtobus qatnovini yölga qöyişni rejalaştiryapmiz. Şuningdek, “Toşkent — Issiqköl” mavsumiy yönalişini yaratiş imkoniyatini körib çiqmoqdamiz”, — degan mazkur agentlik boşliği örinbosari Şoolim Şovahobov.

Ekspertlarning ta'kidlaşiça, aholi örtasida bu kabi avtobus qatnovlariga bölgan talab juda katta. Ayni çoğda ikki mamlakat poytaxtlarini boğlaydigan qatnov maşhur bölişi qayd etilyapti.