Joriy yilning 5 martdan 11 martigaça bölgan davr mobaynida “ÖzRTXB” AJ da 558 mlrd sömlik bitimlar tuzilib, avvalgi haftaga nisbatan deyarli 28%ga ösdi. Bu haqda "ÖzRTXB" AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ötgan hafta mobaynida birjaning onlayn auksionlari orqali 33ta avtomobil raqam belgilari sotildi. Bulardan 28tasi jismoniy şaxslarga, 5tasi yuridik şaxslarga sotildi. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 409 mln sömni taşkil qildi.

Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning deyarli 64% oliy toifadagi avtoraqamlarga, 21% bitimlar 2 toifa avtoraqamlar va 15% bitimlar 3-toifa avtoraqamlar böyiça tuzilgan.

Xaridorlar tarkibida yetakçilikni Toşkent va Toşkent viloyati avtohavaskorlari egalladi va ularning tuzilgan bitimlar sonidagi uluşi 33%ga yetdi. Keyingi örinni Farğona viloyati – 18%, uçinçi örinda esa Andijon va Samarqand viloyati xaridorlari 15% uluş bilan egalladi. Qolgan viloyatlarning umumiy uluşlari 19%ni taşkil etdi.