Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda avtomashinalar uchun davlat raqam belgilarini olish bo‘yicha yangi ilova yaratildi
Yangi tartibga ko‘ra, “AvtoRaqam” mobil ilovasi ishga tushirildi. Endi foydalanuvchilar davlat raqamlari kombinatsiyalarini real vaqt rejimida kuzatib, o‘zlariga ma’qul variantni tanlab xarid qilishi mumkin.
Davlat raqam belgilarini jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ham sotib olishi mumkin.
Yangi tizimda “chiroyli” kombinatsiyaga ega davlat raqamlari faqatgina “AvtoRaqam” ilovasi orqali beriladi. Oddiy davlat raqamlari esa “Random” — tasodifiy tanlash orqali ajratiladi.
Ma’lum qilinishicha, har ikki holatda ham inson omili cheklangan bo‘lib, davlat raqam belgilarini ajratish jarayoni elektron dasturlar orqali amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, 1 yanvardan boshlab tovar-xomashyo birjasi orqali davlat raqamlarini sotish bo‘yicha auksionlar hamda “chiroyli” raqamlarni oshirilgan stavkalarda berish amaliyoti to‘xtatilgan.
Mobil ilovani App Store yoki Play Market platformalaridan yuklab olish mumkin.