Yevrokuboklarda nimçorak finallar nihoyasiga yetdi va kelasi haftada terma jamoalar örtoqlik öyinlarida maydonga tuşadi. Mana şu oraliqda Yevropa navbatdagi tur öyinlarini ötkazib oladi. Bu safar ham juda köp qiziqarli töqnaşuvlar bor: Angliyada Yupanç kubogi, Turkiyada Istambul derbilari, Fransiyada «Olimpik»lar bahsi, Ispaniyada Klassiko...
Eng muhimi, bu turdan boşlab Bundesliga kubogi u stadiondan bu stadionga taşila boşlansa kerak. Zero «Bavariya» mana turning özidayoq rasman çempionlik masalasini hal qilişi mumkin. Mart oyining örtalarida kuçli beşlik özining ilk çempionini bilib olsa ne ajab...
ANGLIYa KUBOGI. ÇORAK FINAL
Uşbu haftada Angliyada tur öyinlari töliq ötkazilmaydi. Çunki APLda qatnaşadigan 7 jamoa Angliya kubogi çorak finalida töp suradi. Avvalgi har bir bosqiçda bittadan top klub – «Liverpul», «Arsenal» va «Mançester Siti» qöyi liga klublaridan mağlubiyatga uçrab musobaqani tark etişgan. Ötgan yili yarim finalda özaro töqnaşgan «Çelsi» va «Tottenhem», ikki yil oldingi kubok sohibi «Mançester Yunayted» va öşa yilgi mamlakat çempioni «Lester» musobaqada kuraşni davom ettirmoqda. Kuni keça Mark Hyuzni yangi murabbiy sifatida taniştirgan «Sauthempton» ham favoritlarga muammo tuğdirişi mumkin.
Qiziği, uşbu turnirda maydonga tuşadigan uççala top jamoa ham Yevropa Çempionlar Ligasida 1/8 finalda mağlubiyatga uçradi. Demak bu jamoalar uçun bu sovrin mavsumda qölga kiritiş mumkin bölgan sönggi umiddir. Aksinça, yevrokuboklarda davom etadigan «Mançester Siti», «Liverpul» va «Arsenal» esa, yuqorida aytilganidek, bu bosqiçga yetib kela olişmadi.
Şanba kuni soat 17:15da «Suonsi» «Tottenhem»ni qabul qiladi. Öşa kuni keçasi, soat 00:45da «Old Trafford»da mezbonlar «Brayton»ga qarşi maydonga tuşişadi. Yakşanba kuni yana ikki öyin közda tutilgan: «Uigan» – «Sauthempton» (18:30) va «Lester» – «Çelsi» (21:30).
Duşanba kuni «Mançester Siti» «Stok Siti»ni yengganida «Çelsi» çempionlik uçun nazariy maksimum jihatdan imkoniyatlarini ham yöqotgandi. Jamoada kuçli törtlikka kiriş uçun ham imkoniyat kam, garçi, asosiy raqobatçi «Tottenhem» asosiy futbolçisi Harri Keynni jarohat tufayli ança muddatga yöqotgan bölsada. Çorşanba kuni londonliklar Barselonada yirik hisobda tor-mor etildi va Çempionlar ligasini tark etdi. Endilikda Antonio Kontening iste'fosi haqida köp gapirişmoqda. Italiyalik mutaxassis mavsum oxiriga qadar işda qolişi uçun Angliya Kubogida muvaffaqiyatli iştirok etişi talab etiladi.
FeNeRBAHÇe – GALATASAROY (17 mart, 21:00)

Bu hafta Turkiya superligasi nafaqat Istanbul buyuk derbisi, balki turnir nuqtai nazaridan ham, çempionlik uçun ayovsiz kuraşning guvohi bölamiz. 53 çoko bilan turnir jadvalida peşqadam bölib turgan «Galatasaroy» 47 oçko töplagan «Fenerbahçe» mehmoni böladi. Mezbonlar bu öyinda ğalaba qozoniş orqali çempionlik intrigasini yuqoriga kötarişlari mumkin yoki aksinça, mağlubiyat «sariq-qoralar»ni sovrin umididan butunlay mosuvo qiladi.
Jamoalarning özaro statistikasi, ayniqsa, sönggi yillarni olsak, butunlay tenglikni körsatmoqda. Oxirgi 24 derbida tomonlar 8 martadan ğalaba qozonişgan va şunça öyinda durang qayd etilgan. Uşbu mavsumdagi dastlabki uçraşuvda hisob oçilmagandi.
Şu örinda bu jamoalar orasida 50 oçkodan töplab, ikkinçi va uçinçi örinlarni band etib turgan «Beşiktoş» va «Istanbul» ham borligini e'tiborga olsak, Superligada uşbu mavsum sönggi nihoyatda qiziq ötişini hozirdan aytiş mumkin.
Qiziği, bu ikki jamoa ham aynan şu turda özaro duç keladi. Yuqoridagi öyindan roppa rosa bir kun ötib, ya'ni 18 mart kuni soat 21:00da boşqa bir Istanbul derbisi – «Istanbul» - «Beşiktoş» uçraşuvi bölib ötadi.
BARSeLONA – ATLeTIK (18 mart, 20:15)
Ispan futboli klassikosi, Kataloniya va Baskoniya töqnaşuvi. Har qança reklama qilmaylik, tan oliş kerak, statistika töliq mezbonlar foydasiga – sönggi 25 öyindan atigi 3tasida «Atletik» ğalaba qozongan, xolos. La Liga doirasidagi bilbaoliklarning sönggi ğalabasi 4 yil oldin röy bergan va öşandan buyon faqat «Barselona» ustun kelmoqda.
Ammo har qanday holatda bu öyinning keskin ötişi ma'lum, eng kutilmagan paytlarda «Atletik»ning aynan «Barselona»ga qarşi eng yaxşi öyinlarini ötkazişi sir emas. Misol uçun, 2014/15 mavsumi oldidan basklar Ispaniya superkubogi bahsida 4:0 hisobida zafar quçgani köpçilikning yodida bölsa kerak.
Bundan taşqari, Ernesto Valverdening sobiq jamoasiga qarşi öyini ham öyinni diqqat markazimizga olib keladi. Hozirgi «Atletik»ning şakllanişida uşbu murabbiyning örni katta va u endi şu işni «Barselona»da qilmoqda.
Murabbiyning sobiq jamoasiga qarşi avvalgi öyini 2:0 hisobida yangi jamoasi foydasiga hal bölgandi.
LeYPTsIG – BAVARIYa (18 mart, 22:00)

«Bavariya» 20 oçkolik farq bilan eng yaqin ta'qibçisidan özib ketdi va bu körsatkiç kuçli beşlikdagi eng katta ustunlikdir. Agar «Şalke» va «Borussiya» bu turda oçko yöqotib, «Bavariya» raqibini yengadigan bölsa, Haynkes şogirdlari şu haftadayoq rasman çempionlik masalasini hal qiladi. Mart oyida, terma jamoalar kunlari uçun tanaffusga çiqiş oldidan çempionat masalasini rasman hal qiliş «Bavariya»ga boşqa turnirlar uçun xotirjam tayyorlaniş imkonini beradi.
Şubha yöq, «Bavariya» bugun bölmasa, keyingi turda çempionlikni nişonlaydi, uning raqibi «Leyptsig» uçun esa, bu öyindagi oçkolar suv va havodek zarur. Ötgan yilgi Bundesliga debyutanti qatorasiga ikkinçi marta YeÇL yöllanmasini qölga kiritişga urinmoqda. Oltinçi örinni egallab turgan «Leyptsig»ni kuçli törtlikdan 4 oçko ajratib turibdi xolos.
Jamoalar özaro 4 marta uçraşişgan. Bundesligada uç öyinda «Bavariya» ustun kelgan bölsa, oktabrda Germaniya kubogi öyinida tomonlar teng kelib, penaltilar seriyasigaça borişgandi. Bu bahsda ham «Bavariya»ning qöli baland kelgan. Ayniqsa, ötgan mavsumda şu stadionda bölib ötgan öyin köpçilikning yodida bölsa kerak. 84-daqiqagaça 2:4 hisobida oldinda borgan mehbonlar öşa daqiqada hisobni qisqartirib, qöşib berilgan daqiqalarda yana ikki gol urişgan va 5:4 hisobida ğalaba qozonişgandi.
Har ikki jamoa şu hafta örtasida yevrokuboklarda ham maydonga tuşdilar va keyingi bosqiç yöllanmasiga ega böldilar. «Bavariya» Turkiyada, «Leyptsig» esa Rossiyada «Zenit»ga qarşi öyinda öziga kerakli hisobni qayd etdi.
VILYaReAL – ATLeTIKO (18 mart, 22:30)
Ötgan turda «Atletiko» Barselonada mağlubiyatga uçradi va örtadagi farq 8 oçkoga yetdi. Şunday bölsa-da, Ispaniyada poyganing töliq yakunlanganini aytiş qiyin. Hali yana 10 tur bor va «Barselona»ning YeÇLda qantaşayotganini e'tiborga olsak, «Atletiko» öz öyinlarini yutib, raqibining xato qilişidan umid qilişi mumkin.
Rostan ham heç bölmasa yana bir oy mana şu yösinda davom etiladimi yoki umuman «Barselona» farqni yana oşirib, barça masalaga nuqta qöyiladimi, qaysidir ma'noda şu öyin javob beradi. «Vilyareal» anoyi raqib emas, ayniqsa, kuçli jamoalar bilan öyinlarda özini körsata olgan.
Jumladan, hozir kuçli törtlikda borayotgan «Real» va «Valensiya» maydonidan «Vilyareal» ğalaba bilan qaytgandi. «Visente Kalderon»dan ham «sariq submarina» quruq qaytmagan – öşa öyinda 1:1 hisobi qayd etilgandi. Ötgan mavsumda «Vilyareal» madridliklarni yirik - 3:0 hisobida mağlubiyatga uçratganliklarini ham eslab ötiş kerak.
Xullas, oçko yöqotişga haqqi yöq bölgan «Atletiko» va öz muxlislari qarşisida zavq bilan töp suradigan «Vilyareal»ning öyini juda qiziq bölişini bemalol aytiş mumkin. Boşqa tomondan, «Atletiko»ning bu öyindan ikki kun oldin uzoq Moskvaga safar qilgani qaysidir ma'noda uçraşuv şiddatiga rahna solar balki. Köramiz.
ReAL – JIRONA (19 martga ötar keçasi, 00:45)
«Jirona» sönggi öyinlarni juda kuçli ötkazmoqda va 5-örindagi «Sevilya»ga atigi 2 oçko masofasiga yaqinlaşib, hatto yevrokuboklarda qatnaşiş imkoniyati uçun kuraşişni boşladi, deyiş mumkin. Oxirgi beş öyinda kataloniyaliklar faqat «Barselona»dan mağlubiyatga uçraşdi xolos, qolgan tört öyinda 8 gol urib, birorta ham töp ötkazib yubormadi, törtala öyinda ham ğalaba qozondi.
Şuningdek, jironaliklar birinçi davrada «Real»ga qarşi özlarining mavsumdagi eng yaxşi öyinlarini ötkazib, 2:1 hisobida ğalaba qozonganliklarini unutmaslik kerak.
«Real» juda yaxşi va barqaror davrni boşdan keçirdi. Bir oydan sal köproq vaqt davomida madridliklar 10 uçraşuvda maydonga tuşişda va töqqiztasini öz foydalariga hal qilişdi. Ayniqsa, «PSJ» bilan öyindagi ğalaba «Real»ning yangi relsga tuşib olganini tasdiqlaydi.
Kriştianu Ronalduning ham har doimgidek, bahorga kelib yaxşi sport formasiga qaytayotganini ham köryapmiz. U La Ligada özi maydonga tuşgan sönggi uç öyinida ham dubl qayd etdi va urgan gollari sonini 18taga yetkazişga ham ulgurdi.
MARSeL – LION (19 martga ötar keçasi, 01:00)

Alohida öyinlarda va ba'zi pallalarda juda yaxşi salohiyat namoyiş eta olgan, ammo barqarorlik yetişmayotgan ikki «Olimpik» YeÇL yöllanmasi uçun töqnaşadi. Marselliklar raqibidan 5 oçko oldinda borişmoqda va bu öyinda ğalaba qozoniş orqali, bu kuraşda yaqqol favoritga aylanib oladi.
«Lion»ning esa, körsatkiçlari asosan Nabil Fekirga boğliq ekani yana bir bor isbotlandi. Uşbu futbolçining jarohatidan söng, lionliklar yana pastga şönğişni boşlaşdi. Fekir bu öyinda ham jamoasiga yordam bera olmaydi, uning maydonga qaytişi aprel oyining örtalariga möljallangan.
Şunday bölsa-da, bir tarafdan Toven, Payyet, Okampos, Jyermen, ikkinçi tarafdan, Depay, Dias, Korne kabi iqtidorli futbolçilar töqnaşuvi muxlislarga qiziq bölsa kerak. Jamoalarning birinçi davradagi öyinida Fekir va Diasning gollari yordamida mezbonlar 2:0 hisobida zafar quçgandi.
Har ikki jamoa ham payşanba kuni Yevropa Ligasi nimçorak finalida töp surdi. «Marsel» vazifani uddalagan bölsa, «Lion» kutilmaganda TsSKAga öz maydonida imkoniyatni boy berdi.
BOŞQA ÖYINLAR
17 mart: LIVeRPUL – Uotford (22:30), SPAL – YuVeNTUS (18 martga ötar keçasi, 00:45)
18 mart: MILAN – Kevo (19:00), NAPOLI – Jyenoa (19 martga ötar keçasi, 00:45)












