Filippin harbiy-dengiz kuçlari öz tarkibidan PS-11 Rajah Humabon fregatini çiqardi, deb xabar bermoqda Philippine News Agency naşri.

Jangovar kema flotni modernizatsiya qiliş rejasiga muvofiq foydalanişdan çiqarilgan. Filippin mudofaa vazirining aytişiça, fregatning kelgusi qöllanişi iqtisodiy nosamarali bölardi.

PS-11 Rajah Humabon Ikkinçi jahon uruşi vaqtidagi amalda bölgan eng oxirgi mina taşuvçi  bölgan. Fregat AQŞda 1943 yilda qurilib, AQŞ floti tarkibida 1945 yilgaça bölgan. 1955 yilda kema Yaponiya dengiz kuçlariga 20 yilga berilgan. 1976 yilda kema Filippinga harbiy yordam sifatida berilgan, keyinroq esa Manila uni AQŞ harbiy-dengiz kuçlaridan sotib olgan.     

Naşrning ma'lum qilişiça, kema Filippinning Kavitdagi harbiy-havo kuçlari muzeyiga topşiriladi.