Özbekistonda 5,5 mingdan köp rossiyalik Rossiya prezidenti saylovlarida ovoz berdi. Bu natija 2012 yilgi saylovlardagi davomatdan deyarli 2 barobar köproqni taşkil qilgan. Bu haqda Rossiyaning Toşkentdagi elçixonasi matbuot xizmati ma'lum qildi.

Özbekistonda yaşovçi yoki vaqtinçalik bölgan rossiyaliklar uçun saylov uçastkalari uçta şaharda – Toşkent, Buxoro va Farğonada soat 8:00dan işlay boşladi. Ovoz beriş soat 20:00gaça davom etgan. Avvalroq Özbekistonning 4 ta şahri – Navoiy, Samarqand, Guliston va Olmaliqda ham muddatdan avval ovoz beriş bölib ötgandi.

“Muddatdan avval va hozirgi saylov davomida biror-bir noxuş hodisa qayd qilinmagan”, deb aytilgan elçixonada.   

Rossiyaning Toşkentdagi elçixonasi binosi oldida 18 martning birinçi yarmida ovoz beruvçilardan iborat bir neça yuz metrlik navbat yuzaga kelgan. Elçixona hududida taşrif buyurganlarga harbiy orkestr bayramona kayfiyat ulaşgan.