Özbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi Aviatsion hukumati joriy yilning 28 fevral-1 mart kunlari Toşkent şahrida fuqarolik aviatsiyasi sohasidagi hamkorlikning keyingi rivojiga doir masalalarni muhokama qiliş uçun uçraşişdi. "Rosaviatsiya" saytida ma'lum qilinişiça, uçraşuvlar iliq va döstona muhitda ötgan. Tomonlar Özbekiston va Rossiya örtasidagi havo qatnovlari masalalarini muhokama qilib, keng kölamli masalalar böyiça özaro fikr almaşişgan.
1. Rossiya tomon ikki mamlakat örtasida amalga oşirilayotgan reyslar soniga nisbatan xavotirini bildirgan. Ma'lumotlarga köra, 2014 yildan buyon Özbekiston va Rossiya örtasidagi aviaqatnovlar deyarli ikki baravarga kamaygan. Rossiya parvozlarning tijoriy huquqlarini kengaytirişga qiziqiş bildirgan.
Özbekiston tomoni Rossiya taşuvçilariga parvozlar dasturlarini tasdiqlaşda va öz aeroportlarida ustuvorlik körsatkiçlari böyiça slotlar (Slot - aeroportda reysga ajratilgan vaqt) taqdim etişda yordam berişiga işontirgan.
2. Özbekiston va Rossiya örtasidagi havo qatnovlarini kelgusida kengaytiriş maqsadida Rossiya tomoni tegişli rossiyalik taşuvçilarga çastotalarni erkin tanlaş huquqi taqdim etilişini taklif qildi.
Özbekiston tomoni birinçi bosqiç sifatida Özbekiston va Rossiya örtasidagi kelişuvli liniyalardagi parvozlar sonini aniqlab oliş zarurligini ta'kidladi.
Rossiya tomoni Özbekistonning bu taklifi Rossiya aviatransport kompleksi manfaatlari va ikki mamlakat örtasidagi havo qatnovlarini rivojlantiriş ruhiga nomuvofiqligini qayd etgan.
3. Rossiya tomoni 1994 yil 2 martdagi RF va Özbekiston hukumatlari örtasidagi kelişuvlarning Yönalişlar jadvaliga Jukovskiy va Anapa punktlarini ham kiritişni taklif qildi.
Özbekiston tomoni umuman olganda Anapaning yönalişlar jadvaliga kiritilişiga qarşi emasligini qayd etgan. Biroq Jukovskiy yönalişini Kelişuvga qöşişga hali erta deb hisoblagan.
Öz navbatida, Özbekiston tomoni yönalişlar jadvaliga Soçi va Vladivostok punktlari kiritilişiga qiziqiş bildirgan.
Rossiya tomoni Özbekiston Anapa va Jukovskiy punktlarini Kelişuvga qöşişga rozi bölgan taqdirda, Soçi va Vladivostok punktlarini jadvalga kiritişga tayyor ekanini bildirgan.
Tomonlar yuqorida qayd etilgan va boşqa qator masalalarni muzokaralarning keyingi bosqiçida muhokama qilişni davom ettirişga kelişib olişgan.












