Joriy yilda Navröz umumxalq bayrami asosiy tadbirlari Toşkentning “Özekspomarkaz” körgazmalar majmuasida bölib ötmoqda. Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev ham bayram tadbiriga taşrif buyurdi. Prezidentga boş vazir Abdulla Aripov, hukumat a'zolari hamrohlik qilyapti.

Körgazmalar majmuasida har bir viloyat uçun alohida joy ajratilgan. Tadbirda iştirok etiş uçun respublika faollari, davlat va jamoat taşkilotlari vakillari, talabalar taklif etilgan.


Prezident Özbekistonning turli viloyatlarida işlab çiqarilgan mahsulotlar körgazmasi bilan tanişdi, tadbirga kelgan oqsoqollar bilan muloqot qildi.




Eslatib ötamiz, ötgan yili bayram tantanalari Toşkent şahridagi Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat boğida ötkazilgan edi.











