Özbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot kotibi Komil Allamjonov rasmiy sahifasi orqali 26-27 mart kunlari Toşkentda bölib ötadigan Afğoniston böyiça xalqaro konferensiya haqida ma'lumot berdi.
«Prezident Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan taşkil etilgan «Tinçlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy şeriklik» mavzuidagi konferensiya xalqaro doirada katta qiziqiş uyğotdi. Çunki bu konferensiya nafaqat mintaqamiz, balki boşqa hududlarga ham ta'sir ötkazayotgan Afğoniston masalasiga bağişlangan.
Uşbu xalqaro anjuman 26-27 mart kunlari Toşkentda bölib ötadi. Unda 20 dan ortiq davlatlar, nufuzli xalqaro taşkilotlar delegatsiyalari iştirok etadi.
Jumladan, Afğoniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Aşraf Ğani, BMTning Afğonistondagi maxsus vakili Tadamiti Yamamoto, Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça Oliy vakili Federika Mogerini Toşkentga keladi.
AQŞ Davlat kotibining siyosiy masalalar böyiça örinbosari Tomas Şennon, Rossiya Federatsiyasi taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov, Eron Islom Respublikasi taşqi işlar vaziri Javad Zarif, Pokiston Islom Respublikasi taşqi işlar vaziri Muhammad Asif ham konferensiyada qatnaşişini tasdiqlagan.
Şuningdek, Xitoy, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Hindiston, Yaponiya, Turkiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Fransiya, Saudiya Arabistoni, Birlaşgan Arab Amirliklari kabi davlatlar delegatsiyalari qatnaşişi rejalaştirilgan.
Toşkent konferensiyasiga dunyo ommaviy axborot vositalari ham katta e'tibor qaratmoqda. Mamlakatimizda akkreditatsiyadan ötgan ommaviy axborot vositalari vakillaridan taşqari «VVS», «DPA» «Deutsche Welle», «Times», «The New York Times», «NHK», «Jenmin jibao» kabi nufuzli xorijiy OAVlar konferensiyani yoritiş istagini bildirgan», deyiladi xabarda.













