Prezident administratsiyasi rahbarining şartnoma asosidagi maslahatçisi Komil Allamjonov prezident farmoni bilan “Döstlik” ordeni bilan taqdirlandi.
Maʼlumki, sönggi vaqtlarda Allamjonov Özbekiston–AQŞ munosabatlarini yangi bosqiçga olib çiqişga katta hissa qöşib kelmoqda.
U 2025-yil iyun oyidan buyon Prezident administratsiyasi rahbarining şartnoma asosidagi maslahatçisi, şu bilan bir vaqtda ötgan yil noyabrdan buyon Administratsiyaning AQŞdagi vakili lavozimlarida işlab kelyapti.
Uşbu davrda rasmiy Toşkent va Vaşington örtasidagi hamkorlik aloqalari sezilarli faollaşdi. Ikki davlat prezidentlari oxirgi bir yil içida tört marta yuzma-yuz uçraşdi, bir neça marotaba telefon orqali muloqotlar bölib ötdi.
AQŞ–Özbekiston işbilarmonlik va investitsiya kengaşi taşkil etilib, iqtisodiy hamkorlikning institutsional asosi mustahkamlandi. Ötgan yili bir neça bor Vaşingtonda, joriy yilda esa Toşkent xalqaro investitsiya forumi doirasida prezident Şavkat Mirziyoyevning AQŞ yetakçi kompaniyalari delegatsiyalari bilan uçraşuvlari taşkil etildi.

AQŞ sarmoyadorlari Özbekistonga faol jalb etilişi














