Komil Ismoiloviç Allamjonov maslahatçi-vakil – Özbekiston Respublikasi prezidenti administratsiyasining (PA) AQŞdagi vakili lavozimiga tayinlandi. Bu haqda prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning farmoyişi imzolangan.
Komil Allamjonov joriy yil iyunidan buyon prezident administratsiyasi rahbarining jamoatçilik asosidagi mustaqil maslahatçisi lavozimida işlab kelmoqda.
U parallel ravişda bu lavozimdagi faoliyatini ham davom ettiradi.
Noyabr oyida prezident farmoniga muvofiq, AQŞ tomoni bilan hamraislikda Amerika–Özbekiston işbilarmonlik va investitsiya kengaşi tuzilgandi. Kengaş strategik biznes taşabbuslarini muvofiqlaştiriş, yirik investitsiya va savdo loyihalarini ilgari suriş hamda monitoring qiliş bilan şuğullanadi.
Kengaşga Özbekiston tomonidan prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva, Amerika tomonidan esa AQŞ prezidenti maxsus vakili Serjio Gor hamraislik qiladi.
Farmonga köra, 2026 yil 1 yanvardan Özbekistonning AQŞdagi elçixonasi tuzilmasiga qöşimça maslahatçi elçi – Özbekiston prezidenti administratsiyasining AQŞdagi vakili lavozimi kiritilişi belgilangandi.
Maslahatçi elçi öz faoliyatida PA rahbariga hisobdor va Özbekistonning AQŞdagi diplomatik vakolatxonasi rahbari faoliyatini ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantiriş qismida qöllab-quvvatlaşga mas’ul hisoblanadi.
Sentyabr oyida Komil Allamjonov AQŞdagi Jorj Vaşington universitetining Markaziy Osiyo tadqiqotlari dasturining maxsus maslahatçisi etib tayinlangandi.












