Navröz munosabati bilan qator davlatlar rahbarlarida Şavkat Mirziyoyev nomiga tabriknomalar keldi. Ularning matni ÖzAda keltirildi.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti
Şavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Muhtaram Prezident Janoblari!
Navröz bayrami arafasida Xitoy hukumati va xalqi nomidan, şaxsan öz nomimdan Sizni va butun Özbekiston xalqini uşbu bayram bilan muborakbod etişga ijozat bergaysiz.
Sönggi yillarda Xitoy – Özbekiston munosabatlari yangi strategik darajaga kötarildi, bu mamlakatlarimiz örtasidagi an'anaviy döstlik riştalariga yangi hayotiy kuç bağişladi. «Bir makon – bir yöl» qöşma loyihasi doirasidagi ikki tomonlama hamkorlik izçil taraqqiy etmoqda, xalqaro va mintaqaviy masalalardagi özaro aloqalar mustahkamlanib bormoqda. Ikki tomonlama munosabatlarning jadal rivojlanişi xalqlarimiz uçun foydali bölmoqda. Xitoy – Özbekiston munosabatlarini rivojlantirişga alohida e'tibor qaratişim va Siz bilan döstlikni yuksak qadrlaşimni yana bir bor ta'kidlaşga ijozat bergaysiz.
Si Jinping,
Xitoy Xalq Respublikasi Raisi
* * *
Özbekiston Respublikasi Prezidenti
Şavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Hurmatli Prezident, aziz qardoşim!
Ölkalarimiz örtasidagi qadim döstlik, qardoşlik, birdamlik va hamkorlikni özida mujassam etib, kelajak avlodlarga yetkazgan Navröz bayrami munosabati bilan Siz, Janobi Oliylarini hamda döst va qardoş özbek xalqini turk xalqi va şaxsan öz nomimdan eng samimiy tilaklarim ila tabriklayman.
Hurmat bilan,
Rajab Toyyib Erdöğan,
Turkiya Respublikasi Prezidenti
* * *
Özbekiston Respublikasi Prezidenti
Şavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Muhtaram Şavkat Miromonoviç!
Uyğoniş, yaşariş va yangilaniş fasli — Navröz ayyomi munosabati bilan samimiy tabriklarimni qabul qilgaysiz.
Mamlakatlarimiz örtasidagi mustahkam döstlik va muştarak ma'naviy qadriyatlarga asoslangan köp tomonlama munosabatlar xalqlarimiz manfaatlari yölida yanada jadal rivojlanişiga işonçim komil.
Hurmat bilan,
Nursulton Nazarboyev,
Qozoğiston Respublikasi Prezidenti
* * *
Özbekiston Respublikasi Prezidenti
Şavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Muhtaram Şavkat Miromonoviç!
Qirğiziston xalqi va şaxsan öz nomimdan Sizni hamda Sizning timsolingizda butun Özbekiston xalqini bahor ayyomi – Navröz bilan samimiy muborakbod etaman.
Navrözni nişonlaş xalqlarimiz örtasidagi köp asrlik an'anaviy döstlik, yaxşi qöşnilik va qardoşlik aloqalarini mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Birgalikdagi sa'y-harakatlar bilan Qirğiziston va Özbekiston örtasidagi özaro işonç va anglaşuv tamoyillariga asoslangan munosabatlar xalqlarimiz manfaatlari yölida bundan buyon ham rivojlanib borişiga işonç bildirişga ijozat bergaysiz.
Ehtirom ila,
Sooranbay Jeenbekov,
Qirğiziston Respublikasi Prezidenti
* * *
Özbekiston Respublikasi Prezidenti
Şavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Muhtaram Şavkat Miromonoviç!
Sizni va birodar Özbekiston xalqini bahor va uyğoniş ayyomi – xalqaro Navröz bayrami bilan çin qalbimdan muborakbod etaman.
Umid qilamanki, mamlakatlarimiz örtasidagi döstlik va özaro manfaatli hamkorlik munosabatlari bundan buyon ham Navrözning hayotbaxş ğoyalaridan ilhomlanib, izçil taraqqiy etib boradi.
Hurmat bilan,
Imomali Rahmon,
Tojikiston Respublikasi Prezidenti
* * *
Özbekiston Respublikasi Prezidenti
Şavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Muhtaram Şavkat Miromonoviç!
Qadrli birodarim!
Xalqaro Navröz ayyomi munosabati bilan Sizga va Siz orqali qardoş Özbekiston xalqiga samimiy tabriklarimni izhor etiş, farovonlik va ravnaq tilaşga ijozat bergaysiz.
Bir neça ming yillik tarixga ega Navröz bayrami mehmondöstlik, yaxşi qöşnilik an'analari bardavomligi va uluğ insoniylik tamoyillarini mujassam etgan xalqlarimizning ma'naviy va madaniy boyligi hisoblanadi.
Çuqur hurmat ila,
Gurbanguli Berdimuhamedov,
Turkmaniston Prezidenti
* * *
Özbekiston Respublikasi Prezidenti
Şavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Muhtaram Şavkat Miromonoviç!
Özim va Ozarbayjon xalqi nomidan Sizni va Özbekiston xalqini milliy va madaniy-ma'rifiy qadriyatlarimizni özida mujassam etgan Navröz bayrami bilan samimiy qutlayman.
Xalqlarimiz irodasi bilan biz bundan buyon ham Ozarbayjon va Özbekiston örtasidagi döstlik va hamkorlik aloqalarini birgalikda mustahkamlab borişimizga işonç bildirişga ijozat bergaysiz.
Hurmat bilan,
Ilhom Aliyev,
Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti
* * *
Özbekiston Respublikasi Prezidenti
Şavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Xalqaro Navröz bayrami kirib kelişi munosabati bilan Afğoniston xalqi nomidan Siz, Janobi Oliylari va birodar Özbekiston xalqiga özimning eng samimiy tabriklarimni izhor etaman.
Muştarak bayramimiz bilan yana bir bor muborakbod etgan holda, mamlakatlarimiz örtasidagi hamkorlik va aloqalarning kengayişiga işonç bildiraman.
Muhammad Aşraf Ğani,
Afğoniston Islom Respublikasi Prezidenti
Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga Saudiya Arabistoni Podşohi Salmon ibn Abdulaziz as-Saud, Saudiya Arabistoni Podşohligi voris şahzodasi, Boş vazirining örinbosari, mudofaa vaziri Muhammad ibn Salmon as-Saud, Indoneziya Prezidenti Joko Vidodo, Falastin Prezidenti Mahmud Abbos, BAA vitse-prezidenti, Boş vaziri, Dubay amiri Muhammad ibn Roşid al-Maqtum, Afğoniston ijro hukumati rahbari Abdulla Abdulla, Kavkaz musulmonlari idorasi raisi Ollohşukur Poşşozoda tabrik yölladi.
Özbekiston Prezidenti nomiga Navröz munosabati bilan samimiy tabriklar kelişi davom etmoqda.











