2017 yilda Qirğizistondan kelgan migrantlar Rossiyadan vatanlariga 2,21 mlrd AQŞ dollarini yuborişgan. Jismoniy şaxslar pul ötkazmalari böyiça statistika Rossiya Markaziy bankining saytida e'lon qilindi.

Şunday qilib, qirğizistonliklar 2013 yilda örnatilgan, Rossiyadan pul ötkazmalari miqdori böyiça öz rekordlarini yangilaşdi. Öşanda migrantlar Qirğizistonga Rossiyadan 2017 yildagi körsatkiçdan 5 foizga kamroq pul ötkazişgan. 2016 yilda pul ötkazmalari 27 foizga kamroq böldi.

2017 yilda Özbekistondan kelgan migrantlar Rossiyadan vatanlariga 3,9 mlrd AQŞ dollari yuborişdi. Bu 2016 yilgi ötkazmalar darajasidan 42 foizga köp va rekord körsatkiç örnatilgan 2013 yilga nisbatan 42 foizga kam.

Rossiyada işlayotgan Tojikiston fuqarolari ötgan yili uylariga 2,54 milliard dollar yuborişdi. Bu 2016 yilga nisbatan 31 foizga köp va 2013 yilga nisbatan 40 foizga kamdir. 2013 yilda Tojikistondan kelgan migrantlar tomonidan örnatilgan rekord yangilanmadi.