Yevropa ittifoqining 20ga yaqin davlati va AQŞ GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripalning zaharlanişi yuz bergani tufayli rossiyalik diplomatlarni mamlakatdan çiqarib yuborişi mumkin. Bu haqda The Times gazetasi xabar bermoqda.

Naşr ma'lumotlariga köra, rossiyalik diplomatlarni çiqarib yuborişda Fransiya, Germaniya, Polşa, Irlandiya, Niderlandiya, Estoniya, Latviya, Litva, Bolgariya, Çexiya va Daniya iştirok etişi mumkin; ehtimoliy 20 davlat röyxatidan bölgan boşqa mamlakatlar nomi naşr tomonidan keltirilmagan.

Şuningdek ta'kidlanişiça, Buyuk Britaniya boş vaziri Tereza Mey payşanba, 22 mart kuni Fransiya, Germaniya, Litva hamda Irlandiya vakillari bilan tört soatlik muzokaralar ötkazdi, uning davomida siyosatçilar Solsberida Skripal zaharlanişiga «qat'iy javob» qaytariş borasida fikr almaşdi.

Naşrdan ta'kidlaşlariça, diplomatlarni çiqarib yuboriş duşanba, 26 martdan boşlanişi mumkin.