10:55 / 27.03.2018
9346

O‘rtoqlik uchrashuvi. Niderlandiya Portugaliyani yirik hisobda taslim etdi

Foto: Getty Images

FIFA kunlari doirasida terma jamoalar o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazishmoqda.

Xuddi shunday uchrashuvlardan biri kecha Portugaliya va Niderlandiya terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. «Stad de Jyenev» stadionida o‘tgan uchrashuv kutilmagan natija bilan yakunlandi. 

Hollandlar Ronaldu jamoadoshlari darvozasiga javobsiz 3ta to‘p kiritishdi. Memfis Depay, Rayan Babel va Virjiyl Van Deyk tomonidan kiritilgan gollar Kuman shogirdlari g‘alabasini ta'minladi

O‘rtoqlik uchrashuvi

Portugaliya – Niderlandiya 0:3 (0:3)
Gollar:
 Depay (11), Babel (32), van Deyk (45).

Portugaliya – Antoni Lopesh, Rolandu (Netu, 46), Mariu Ruy, Joau Kanselu, Fonte, Adriyen Silva (Gonsalu Gedesh, 46), Fernandesh, Fernandesh (Joau Mariu, 78), Kuarejma (Jyelson Martinsh, 55), Andre Gomesh (Andre Silva, 46), Ronaldu (Moutinyu, 68).
Niderlandiya – Sillessen, van Deyk, Ake, Tete (Til, 78), de Ligt (Fosu-Mensa, 84), Babel (Bergeys, 84), van de Bek, Veynaldum (de Ron, 68), Propper, Depay (Klyuyvert, 78), Trindade (de Vrey, 67).
Ogohlantirishlar: Joau Kanselu (44), Tete (56), de Ron (72).
Chetlatish: Joau Kanselu (61).

Top