Qatardagi jahon çempionatining ikkinçi kuni doirasidagi 2-öyin yakuniga yetdi.
«At-Tumama» stadionida A guruhi 1-turi doirasida Senegal va Niderlandiya milliy jamoalari özaro töqnaş kelişdi. Tengkuraşlar ostida keçgan öyinning 84-daqiqasida niderlandlar safidagi 23 yoşli forvard Kodi Gakponing yagona goli Lui van Gal jamoasiga turnirni ğalaba bilan boşlaş imkoniyatini berdi – 1:0.
Öyinning sönggi soniyalari, aniqroği 90+9-daqiqada Klassen farqni ikkitaga oşirdi – 2:0.
Şu tariqa, 1-turdan keyin Ekvador Qatarni (2:0), Niderlandiya esa Senegalni mağlub etib, guruhda qöşpeşqadamlik qilişmoqda. Senegal va Qatar esa hozirça sönggi ikki örinni egallab turibdi.
JÇ-2022. A guruhi. 1-tur
Senegal – Niderlandiya 0:2
Gollar: 0:1 – 84 Gakpo, 0:2 – 90+9 Klassen.
Senegal – Mendi, Sabali, Kulibali, Sisse, Diallo (Yakobs, 62), Kuyate (Guyye, 73), Guyye, Mendi, Sarr, Diatta (Djyekson, 74), Dia (Deng, 69).
Niderlandiya – Noppert, Dumfris, van Deyk, Ake, de Ligt, Blind, de Yong, Bergeys (Kopmeyners, 79), Yanssen (Depay, 62), Bergveyn (Klassen, 79), Gakpo.
Ogohlantirişlar: de Ligt (56).









