Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi barça taşkilotlarni ixtiyoriy ravişda yangi "Mehmondöstlik şartnomasi" - Hospitality Contract tizimiga qöşilişni taklif etadi.

Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi Aziz Abduhakimovning KUN.UZ'ga ma'lum qilişiça, Qömita bilan "Mehmondöstlik şartnomasi"ni imzolagan taşkilotlar öz zimmasiga quyidagi majburiyatlarni oladi:

  1. Xodimlar barça mehmonlarni yuzda tabassum bilan kutib olişlari kerak, ya'ni kelgan mehmon özining kutilgan ekanini his qilişi kerak.
  2. Xodimlarning nutqi rivojlangan bölişi kerak. Imkon qadar ma'lumotlarni mehmonlarga qulay tillarda (kamida özbek, rus va ingliz tillarida) yetkaziş maqsadga muvofiqdir. Mehmonlar bilan xuşmuomala böliş zarur. Ularga bu borada muntazam ravişda maxsus treninglar ötkaziladi.
  3. Xodimlar did bilan ozoda kiyingan bölişlari kerak (maxsus uniformalar).
  4. Personal barça qönğiroqlarga xuşmuomala javob qaytarişi kerak. Telefonda tizimli ravişda javob beriş talab etiladi. (Mijozlar qönğiroq qilişganida "Assalomu alaykum. Bu "..." qahvaxonasi yoki "..." restorani. Qanday xizmat körsatişimiz mumkin?" qabilidagi standart javoblar berilişi maqsadga muvofiq).
  5. Sanitariya-gigiyena tarmoqlari zamonaviy standartlarga javob berişi va soatma-soat tozalaş tizimiga rioya qilinişi kerak. Hojatxona, vannaxonalar doimiy ravişda toza bölişi kerak. Sovun, hojatxona qoğozi va boşqa sanitariya-gigiyena vositalari öz joyida bölişi şart.
  6. ClickSmile SB bazasida xizmat sifati monitoringi va boşqaruvi tizimi yölga qöyiş kerak. Unda xizmat körsatiş tizimini baholovçi "xursand böldim" yoki "qanoatlanmadim" tugmalari böladi. U Wi-Fi tizimi orqali yagona serverga beriladi. Keyin turli reytinglar işlab çiqiladi. Qança mijoz taşrif buyurgani va ulardan neça kişi xizmatlardan norozi bölib ketgani bilinadi.

Bundan taşqari, Hospitality Contract tizimiga kirgani va öziga şu majburiyatlarni olgani töğrisida ularning eşigi yoki boşqa közga köringan joyida maxsus sertifikati va nakleykasi böladi.

Yirik taşkilotlardan - aeroportlar, temir yöl vokzallari, avtovokzallar, banklar, mehmonxonalar, restoran va kafelar, muzey va galereyalar, tarixiy obidalar va umuman, xizmat körsatiş sohasi vakillari bilan şartnoma tuziladi, ular bilan Click Smile tizimi örnatiladi.

Uzbekistan Tourism Industry Awards tizimi doirasida köproq ijobiy baholangan, e'tirozlar bölmagan yoki nisbatan kamroq bölgan, mijozi köp taşkilotlar rağbatlantiriladi. Ularga çorak yoki yil yakunlariga köra turli mukofotlar va sertifikatlar topşiriladi.