Burundi poytaxti Gitegedagi turmada yuz bergan yonğinda kamida 38 kişi halok böldi. Yana 69 kişi jiddiy jarohat olgan. Bu haqda mamlakat vitse-prezidenti Prosper Bazombanzaga tayanib AFP axborot agentligi xabar berdi.

Yonğin taxminan soat 4 lar atrofida yuz bergan. Guvohlarning aytişiça, yonğin turmaning deyarli barça binolarini qamrab olgan. U faqatgina ayol mahbuslar saqlangan binogaça yetib bormagan. Uni öçirişda 7 ta öt öçiriş maşinasi iştirok etgan.

Turmaga olib boruvçi yöllar politsiya va harbiylar tomonidan tösib qöyilgan.

Ma'lumotlarga köra, noyabr oxirida uşbu turmada 1539 mahbus saqlangan va u me'yoridan tölib-toşgan bölgan.