Buyuk Britaniya Rossiya tomonining şifoxonada qolayotgan Yuliya Skripalning oldiga kiriş böyiça murojaatini örganib çiqmoqda. U Solsberida otasi bilan birga asab-falajlovçi moddadan zaharlangan edi, deb xabar bermoqda Sky News.
«Biz xalqaro va içki qonunçilikdagi majburiyatlarimizga muvofiq, şuningdek, Yuliya Skripalning huquq va xohiş-istaklarini inobatga olgan holda konsullikning bunday murojaatini körib çiqmoqdamiz», - deya aytib ötdi Buyuk Britaniya TIV matbuot xizmati vakili.
Avvalroq Rossiya elçixonasi Londondagi rossiyalik diplomatlar Yuliya Skripal bilan uçraşişga harakat qilişayotgani haqida xabar bergandi.
Eslatib ötamiz, bundan avval Yuliya Skripalning ahvoli haqida yangi ma'lumotlar berilgandi.













