AQŞ va Janubiy Koreya navbatdagi katta kölamli birgalikdagi harbiy maşğulotlar Foal Eagle’ni boşladi. Bu haqda “Ryonxap” axborot agentligi xabar bermoqda.
Bu maşğulotlar Pyongçangdagi Olimpiada sababli qoldirilgandi. Maşğulotlar aprel oxirigaça davom etadi. Maşğulotlar davomiyligi ötgan yildagiga nisbatan qisqartirilgan.
Axborot agentligining ma'lum qilişiça, maşğulotlarda Janubiy Koreyaning barça qöşin turlaridan 300 ming harbiy hamda 11,5 ming amerikalik harbiy, AQŞ harbiy-dengiz kuçlarining Wasp desant kemasi boşçiligidagi kemalari otryadi, qisqa masofadan parvoz qiluvçi va vertikal qönuvçi F-35B samolyotlari iştirok etmoqda.
Ta'kidlanişiça, maşğulotlar vaqtida Şimoliy Koreyaning asabiga tegmaslik uçun faqat mudofaa vositalari qöllanadi.
Şuningdek, uşbu davlatlar aprel örtalarida Key Resolve qömondonlik-ştab maşğulotlarini ötkazadi. Unda 12,2 mingga yaqin amerikalik va 10 mingga yaqin janubiy koreyalik harbiy iştirok etadi.












