Şu yilning 18-22 mart kunlari Moskvada «Cabex 2018» kabel-sim mahsulotlari 17-Xalqaro körgazmasi bölib ötdi.

Unda Özbekistonning «Özeltexsanoat» AK tarkibiga kiruvçi ProCab kompaniyasi ham iştirok etdi.

Caption

«Cabex - 2018» - Rossiyada ötkaziladigan kabel-sim mahsulotlarining yagona körgazmasidir. Rossiyalik va xorijiy işlab çiqaruvçilar va yetkazib beruvçilar uçun Cabex yangi mijozlarni jalb qiliş, savdo geografiyasini kengaytiriş va mahsulotlarini Rossiya bozoriga kiritiş uçun qulay bölgan biznes maydonça hisoblanadi.

Foto: ProCab

Bu yilgi körgazmada dunyoning 9ta (Rossiya, Belarus, Italiya, Xitoy, Serbiya, Sloveniya, Turkiya, Özbekiston, Fransiya) mamlakatidan taşrif buyurgan 154ta kompaniya iştirok etdi.

Körgazmaning işbilarmonlik dasturi asosida «Kabellarni qayta işlaş, kabel sanoatida birlamçi va ikkilamçi materiallar» mavzusida konferensiya ötkazildi.

Foto: ProCab

Körgazma davomida, ProCab kompaniyasi yangi kabel-sim mahsulotlarini taqdimot qiliş böyiça taşkil qilingan konferensiyada iştirok etdi. Unda zavod tomonidan işlab çiqariladigan, turli texnik xususiyatlarga ega bölgan 1,5 ming turdagi kabel-sim mahsulotlari assortimenti taqdim qilindi. Ularni eksport qiliş masalasi böyiça mijozlar bilan muzokaralar ötkazdi. Xususan, uning mahsulotlariga Rossiya, Ozarboyjon, Gruziya, Qozoğiston, Qirğiziston mamlakatlari işlab çiqaruvçilari qiziqiş bildirişdi. Gruziya kompaniyalari bilan şartnoma tuzildi, Rossiyaning «Giprogortsvetmet» kompaniyasi bilan hamkorlik töğrisida memorandum imzolandi.

Foto: ProCab

Bundan taşqari, töliq işlab çiqariş sikliga ega bölmagan boşqa kabel-sim zavodlari bilan ham kelişuvga erişildi. Endi ProCab ularga murakkab turdagi kabellarni yarimtayyor holatda yetkazib beradigan böldi. Bu mahsulotlarga bölgan qiziqişning juda katta ekani qayd qilindi.

Foto: ProCab

ProCab kompaniyasi vakillari xorijiy hamkorlar bilan yaqindan tanişib, mahalliy bozorni va eksport şartnomalarini imzolaş imkoniyatlarini çuqur örganişdi.

Reklama huquqi asosida