“Procab” mas’uliyati cheklangan jamiyati O‘zbekistonda SOLAR kabelining birinchi va yagona ishlab chiqaruvchisi!
Markaziy Osiyo va Yevropadagi yetkazib beruvchilarning talablarini o‘rganib chiqqan holda “Procab” MChJ quyosh panellari uchun maxsus kabellar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Va ayni paytda u ushbu sohadagi birinchi va yagona kabel ishlab chiqaruvchi hisoblanadi.
Statistik ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston bozorida quyosh batareyalariga bo‘lgan talab 2023 yildan boshlab keskin oshgan.

Kompaniya mutaxassislari tomonidan H01Z2Z2-K izolyatsion modelli quyosh fotoelektr kabeli ishlab chiqildi. Yangilangan uyg‘unlashtirilgan (H1Z2Z2-K) Yevropa standartidagi quyosh kabeli quyosh panellari kabi fotovoltaik tizimlarga ulanish uchun mo‘ljallangan. Sim yoki sistemaga statsionar, ichki va tashqi o‘rnatish uchun texnik jihatdan javob beradi. Zarbaga bardoshlilik darajasi sinovdan o‘tkazilgan. Shu sababli grunt sohasida o‘rnatishga mos keladi. Yong‘in, tutun chiqindilari va zaharli bug‘lar uskunalarga potensial xavf tug‘diradigan qurilmalarga o‘rnatishga mos keladi. Suv o‘tkazmaydigan sinf AD8 ga kiradi.

Bozorda qanday kabel ishlatiladi?
O‘zbekiston bozorida quyosh panellari uchun mo‘ljallanmagan kabeldan foydalanish holatlari uchrab turadi.

Bunda asosan an’anaviy o‘zgaruvchan tok kabelidan foydalaniladi. Yoki umuman elektr energiyasini uzatish uchun mo‘ljallanmagan simdan foydalanish holatlari ham mavjud.
Gofrirovkada topraklama uchun mo‘ljallangan sim yotqizilgan.

Kabellarni almashtirishda qanday kamchiliklar mavjud?
Quyosh panellari uchun mo‘ljallanmagan kabellardan foydalanish qisqa tutashuvga va salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin, chunki an’anaviy kabel o‘zining xususiyatlariga ko‘ra energiyani panellardan inverterga kerakli parametrlarda o‘tkaza olish qobiliyatiga ega emas.
















