Xitoy davlat kengaşi 2 apreldan AQŞning 128 nomdagi mahsulotiga yuqori boj tölovlarini kiritiş qarorini qabul qildi. Bu haqda Xitoy moliya vazirligi ma'lum qildi.
“2 apreldan biz AQŞning 7 tur va 128 nomdagi mahsulotlariga bojxona imtiyozlaridan voz keçamiz. AQŞdan import qilinuvçi mevalar va ulardan tayyorlanuvçi oziq-ovqatlarga (umumiy hisobda 120 nomdagi) bundan keyin 15 foiz boj solinadi. Çöçqa göşti va undan tayyorlanuvçi mahsulotga boj 25 foizni taşkil qiladi”, deyilgan xabarda.
Hujjatda umuman olganda Pekinning qolgan davlatlardan keltiriluvçi mahsulotlarga nisbatan bojni kamaytiriş siyosati özgarişsiz qolişi aytilgan. “Biz tomondan qabul qilingan çora AQŞ tomonidan Xitoyning pölat va alyuminiy mahsulotiga boj tölovi kiritilişidan davlatimizga yetkaziladigan ziyonning örnini töldirişga qaratilgan”, deb aytilgan xabarda.
AQŞ prezident Donald Tramp 22 martda, Vaşingtonning fikriça, Pekinning nohalol savdo amaliyotiga qarşi çoralar kompleksini qöllaşni közda tutuvçi memorandumni imzoladi.Tramp Xitoydan keltiriluvçi muayyan toifadagi mahsulotlarga nisbatan boj tölovlarini kiritiş, bu mahsulotlar röyxatini tuziş hamda Jahon savdo taşkiloti doirasida Xitoyga qarşi xalqaro savdo qoidalarini buzişi yuzasidan taftiş boşlaşga körsatma bergan.












