Avstraliyalik keksa otaxon öz hayoti tarixi haqida sözlab berib, 95 yoşda bölsa-da, işini taşlaş niyati yöqligini ta'kidladi. Mahalliy 9news portali şu haqidagi xabari bilan bölişdi.
Rik Pizaturo 1922 yilda Italiyada dunyoga kelgan. Ikkinçi jahon uruşi davrida Antigitler koalitsiyasi vakillari uni asirga olişgan va Avstraliyaga jönatişgan. U yerda erkak fermaga işga kirgan va haftasiga yetti kun tongdan tunggaça mehnat qilgan. Öşandan buyon uning grafigi özgarmagan.
Yarim asr içida Pizaturo Avstraliyadagi eng yirik qoramol fermalaridan birini işga tuşirdi. "Men ba'zan soat 22:00 yo 23:00 gaça işlayman", - deya tan oladi u. Fermer pensiyaga çiqiş niyati yöqligi va umrining sönggi kunlarigaça mehnat qilib, 101 yoşgaça yaşagan otasining izidan borişini ta'kidladi.
"Kuni böyi yotaversangiz, yuragingiz urişdan töxtab qolişi heç gap emas", - deydi Pizaturo özining uzoq umr körişiga izoh berar ekan. U mobil telefondan foydalanib, sanoqli daqiqalarda işdagi hamkorlarining elektron xatlariga javob bera olişi bilan faxrlanadi.












