Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya hududida zaharlovçi moddalar işlab çiqarilayotgani haqida tarqalgan xabarlarni asossiz deb atadi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
Uning sözlariga köra, «bu juda favqulodda darajaga çiqarib yuborilgan» masala.
«Bu yerda bitta narsa aniq bölib qolmoqda: Rossiya tomoni boşidan beri unga kerakli ma'lumot taqdim etişni sörab keldi, uşbu hodisa tafsilotlarini aniqlaştirişda iştirok etişdan manfaatdor ekanini bildirdi», - deya aytib ötdi Peskov.
Uning ta'kidlaşiça, Rossiya tomoniga minimal ma'lumotda ham rad javobi berilgan.
«Bu hammaga ma'lum bölgan narsa. Qolgan barçasi şunçaki asossiz narsalar», - deya xulosa qilgan Peskov.
Eslatib ötamiz, avvalroq Kreml yana Skripal işi böyiça bayonot bergandi.













