Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev 4 aprel kuni aholi va tadbirkorlik sub'yektlariga davlat xizmatlari körsatiş borasidagi işlarni tahlil qiliş va eng muhim vazifalarni belgilab olişga bağişlangan yiğiliş ötkazdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbarining 2017 yil 12 dekabrdagi “Aholiga davlat xizmatlari körsatişning milliy tizimini tubdan isloh qiliş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoniga muvofiq Adliya vazirligi huzurida Davlat xizmatlari agentligi taşkil etildi. 2018 yil 1 yanvardan “yagona darça” markazlari Xalq qabulxonalari huzuridagi Davlat xizmatlari markazlariga aylantirildi. 

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugungi kunda mamlakat böyiça 201 ta ana şunday markazlar taşkil etilgan. Ular tomonidan bolalarni maktabgaça ta'lim muassasalariga qabul qiliş böyiça ariza beriş, fuqaroni jamğarib boriladigan pensiya tizimida hisobga qöyiş, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulaniş, loyiha hujjatlarini kelişiş, quriliş-montaj işlarini amalga oşirişga ruxsat beriş, yakka tartibda uy-joy qurişga ruxsat beriş, suvdan maxsus foydalaniş yoki suvni maxsus iste'mol qiliş uçun ruxsat beriş kabi xizmatlar körsatiş yölga qöyilgan. 

Bunday xizmat turlari bosqiçma-bosqiç köpaytirib boriladi. Bu barça vazirlik va idoralarda butun faoliyatni avtomatlaştiriş, ular örtasida elektron axborot almaşuvini töliq yölga qöyişni talab etadi. 

Yiğilişda bu boradagi muammolar tanqidiy tahlil qilinib, Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi hamda boşqa tegişli idoralarga davlat xizmatlari böyiça elektron axborot tizimi va elektron ma'lumotlar bazasini yaratiş, barça davlat xizmatlari markazlarini optik tolali internetga ulaş böyiça topşiriqlar berildi. 

Davlat xizmatlari körsatiş qamrovi va sifati aholining axborot texnologiyalaridan foydalaniş malakasiga ham boğliq. Şu bois jismoniy va yuridik şaxslarning bu boradagi bilim va könikmalarini oşiriş, hujjatlarni elektron tarzda taqdim etiş va olişga örgatiş masalasiga ham alohida e'tibor qaratildi.   

Tadbirkorlarga qulayliklarni yanada oşiriş, litsenziyalar va ruxsat beriş tartib-qoidalarini keskin qisqartiriş va soddalaştiriş böyiça körsatmalar berildi.

Xususan, barça ruxsatnoma va litsenziyalarni elektron tizim orqali taqdim etiş imkonini beradigan “Lisenziya” axborot kompleksini töliq işga tuşiriş vazifasi qöyildi.

Yiğilişda sohaga mas'ul rahbarlarning hisobotlari eşitildi. Davlat xizmatlari körsatiş tizimini takomillaştiriş böyiça muhim vazifalar belgilab berildi.