Xitoy va AQŞ örtasidagi yuzaga kelgan savdo mojarosi uçun javobgarlik töliq Amerika zimmasida, dedi XXR TIV rasmiy vakili Gen Şuan.
"Xitoy va AQŞ örtasida yuzaga kelgan savdo mojarosi Amerika tomondan bir tomonlama tartibda boşlangan va buning uçun javobgarlik töliq Amerika zimmasida", - dedi u brifingda.
Taşqi işlar vazirligi idorasi vakilining ta'kidlaşiça, AQŞning xatti-harakatlari xalqaro savdo-sotiq tamoyillari va nufuzini buzgan, şuningdek bu AQŞ tomonidan berilgan va'daga vafo qilmaslik hisoblanadi.
"Bu na Xitoy manfaatlariga, na AQŞ manfaatlariga va na dunyo manfaatlariga töğri kelmaydi", - deya ta'kidladi Gen Şuan. U hozirga qadar Xitoy tomonidan qabul qilingan çoralar AQŞning bir tomonlama siyosatiga javob reaksiyasi hisoblanişini qöşimça qildi.
Bundan avval AQŞ Xitoy tovarlariga nisbatan yiğimlarni 50 milliard dollarga oşirişga doir qaror qabul qilgan edi. Yangi yiğimlar Xitoyning 1,3 ming turdagi tovariga nisbatan belgilangan bölib, bu XXR tomonidan Amerika mahsuloti intellektual huquqlarini buzişga javoban qöllangan çora ekani qayd etildi. AQŞ şu tariqa Xitoy bilan köp milliardli savdo kamomadini yengib ötmoqçi. Juma kuni Tramp mutasaddi taşkilotlarga Xitoy tovarlariga yiğimlarni 100 milliard dollarga oşiriş imkonini örganib çiqiş vazifasini bergan.
Bunga javoban Xitoy Davlat kengaşi AQŞdan import qilinuvçi 106 turdagi tovarga 25 foiz qöşimça tölovlar kiritdi.












