Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Ösimlik moddalari kimyosi ilmiy-tadqiqot institutiga taşrif buyurdi. Davlat rahbarining Facebook sahifasida mazkur uçraşuv videosi taqdim etildi. 

Har bir jamiyat hayoti, şubhasiz, undagi ilm-fan rivojiga çambarças boğliqdir. Ösimlik moddalari kimyosi ilmiy-tadqiqot institutida Fanlar Akademiyasi akademiklari, olimlar, ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy ta'lim dargohlari rahbarlari, Özbekiston Prezidenti devoni, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va mutasaddi idoralar vakillari iştirokida yiğiliş bölib ötdi. 

"Bu ilmiy-tadqiqot institutiga kelganimning sababi, uning salohiyatini juda yaxşi bilaman. 22 yillik tanaffusdan keyin akademiklar tayyorladik, çorak asr davomida akademiklarga e'tibor qilinmagani juda katta xato, deb öylayman. Endi biz intensiv va progressiv rivojlanişni yölga qöymasak bölmaydi", - dedi davlat rahbari olimlar bilan muloqot davomida. Prezident  ularning sohaga doir muammolari va takliflarini tinglab, mutasaddi rahbarlarga kerakli körsatmalar berdi.