8 aprel kuni Tailand davlatining Çaingmay şahrida şaxmat böyiça 8, 10, 12, 14, 16 va 18 yoşgaça ösmirlar örtasida blits yönalişi böyiça Osiyo çempionati bölib ötdi.

Çempionat 9 turdan iboratdan bölib, şveysarça tizimda, 3+2 vaqt nazorati böyiça taşkil etildi.  

KUN.UZ’ga Şaxmat federatsiyasidan ma'lum qilişlariça, musobaqa natijalariga qöra, 12 yoşgaça qizlar örtasida Umida Omonova 9 imkoniyatdan 7,5 oçko jamğardi va Vetnam, Hindistondan bölgan raqibalarini ortda qoldirib, Osiyo çempionatining oltin medalini qölga kiritdi.  

Foto:  Şaxmat federatsiyasi
Foto:  Şaxmat federatsiyasi

Şuningdek, Abdimalik Abdisalimov 16 yoşgaça öğil bolalar örtasida Osiyo çempionatining kumuş medalini qölga kiritdi. 

9 aprel kuni musobaqaning standart yönalişining sönggi turi start olgan bölib, unda Umida Omonova hamda Abdimalik Abdisalimov navbatdagi Osiyo çempionati medallari uçun yuqori imkoniyatga ega.