Reyting yetakçilari
Xalqaro şaxmat federatsiyasi (FIDE) reytingida norvegiyalik Magnus Karlsen 2823 oçko bilan birinçi örinni egallab turibdi. Ikkinçi örinda 2792 oçko bilan amerikalik Hikaru Nakamura bormoqda. Oktabr oyidagi rasmiy reytingda uçinçi örinni yana bir amerikalik Fabiano Karuana (2784) band etgan, uning körsatkiçi sentabr oyiga nisbatan 5 punktga pasaydi. Keyingi örinlardan Sindarov (2782) va Abdusattorov (2780) joy olgan.
Yil davomida ikkinçi marta
Tarixda ilk bor 2026-yil aprel oyida birdaniga ikki nafar özbekistonlik şaxmatçi kuçli beşlikka kirgan edi. Öşanda Abdusattorov 2780 oçko bilan törtinçi bölgan, Kiprdagi daʼvogarlar turnirida ğolib çiqqan Sindarov esa olti poğona yuqorilab, 2776 oçko bilan beşinçi örinni egallagandi. Iyun oyida ham ikkalasi beşlikda qoldi.
Yozda Abdusattorov kuçli beşlikdan çiqib ketdi: iyul oyida u oltinçi böldi, avgustda sakkizinçi öringa tuşib ketdi. FIDE’ning oktabr oyidagi reytingida özbekistonlik juftlik yana kuçli beşlikdan joy oldi. Sindarov 2782 oçko (+4) bilan törtinçi örinni saqlab qoldi, Abdusattorov esa 2780 (+18) oçko bilan beşinçi öringa kötarildi. Bunga Özbekiston terma jamoasi ğalaba qozongan Samarqanddagi Olimpiadada birinçi taxtada qölga kiritilgan oltin medal yordam berdi. 2780 reytingi Abdusattorovning şaxsiy rekordini takrorlaydi.
Sindarov top-uçlikda
Javohir Sindarovni uçinçi örindan ikki punkt ajratib turibdi. live-reytingda u allaqaçon Karuanani ortda qoldirdi. Bu holat amerikalik şaxmatçining AQŞ çempionatida Endi Vudvorddan uçragan mağlubiyatidan keyin yuz berdi. Şu tariqa Sindarov öz faoliyatida va özbek şaxmati tarixida ilk bor uçinçi öringa kötarildi. 1-oktabrdagi röyxat rasmiy bölib qolmoqda, keyingisi 1-noyabrda eʼlon qilinadi.
Gukeş: özining eng yuqori körsatkiçidan 84 punkt pastda
Amaldagi jahon çempioni, hindistonlik Gukeş Dommaraju Olimpiadada 7 oçko jamğardi va hozir 2710 reyting bilan 28-örinda bormoqda. U özining eng yuqori - 2794 körsatkiçini 2024-yil oktabr oyida qayd etgan edi. Gukeş Olimpiadani Hindiston terma jamoasining törtinçi taxtasida ötkazib, kumuş medalni qölga kiritdi. Sönggi turda Gleb Dudinga imkoniyatni boy berişi uni yakkalik bahslardagi oltin medaldan mahrum qildi.












