Joriy yilning 29 mart kuni Armaniston poytaxti Yerevan şahrida ötkazilgan ArmHiTec-2018 ​qurol-yaroğ, mudofaa mahsulotlari xalqaro körgazmasida Özbekiston va Rossiya hukumati vakillari 10dan ortiq Mi-35m harbiy vertolyotlarini xarid qilişga kelişib oldi. 

Rossiya Federal harbiy-texnikaviy hamkorlik xizmati direktori örinbosari Vladimir Drojovning ta'kidlaşiça, körgazma işi davomida tomonlar Mi-35 rusumidagi harbiy vertolyotlarni ham yetkazib berişga kelişgan. Ayni çoğda bu hamkorlik uzoq yillik tanaffusdan söng, katta voqelikka aylanişi turgan gap.  

Aslida Şavkat Mirziyoyev boşqaruvidagi yangi hokimiyat 2016 yil 29 noyabr kuni Moskva va Toşkent örtasidagi harbiy-texnikaviy aloqalarni yanada rivojlantiriş böyiça hamkorlik hujjatlarini qabul qilgandi. Mana şu kelişuvga asosan, Rossiya endilikda vertolyotlarni imtiyozli narxlarda yetkazib berişni rejalaştirmoqda. 

Bundan avval «La Tribune»​ naşri öz manbalariga tayangan holda, Islom Karimov boşqaruvidagi Özbekiston Yevropadan 16 dona Airbus Helicopters​ harbiy uçoqlarini xarid qilmoqçiligini bildirgandi. Ayni paytda Rossiya ta'sir doirasidagi «​Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkiloti»​ yoxud «​Yevro-Osiyo iqtisodiy ittifoqi»ga a'zo bölmagan Özbekistonga harbiy vertolyotlarning imtiyozli narxlarda yetkazib berilişi ayrim mavzularda munosabatlar iliqlaşib borayotganidan darak beradi. Şunga qaramay, mazkur şartnoma böyiça erişilgan kelişuvlar hozirça oşkor etilmayapti.

Şuningdek, sotib olinişi nazarda tutilgan vertolyotlar mamlakatning qaysi hududida joylaşgan harbiy qismda saqlanişi ham noma'lum. Ma'lum xabar şuki, joriy yilning 29 yanvar kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev Qaşqadaryo viloyatiga taşrifi davomida, Qarşiga yaqin joylaşgan Honobod harbiy bazasini közdan keçirdi. 2001 yili AQŞ Harbiy havo kuçlari Honobod harbiy bazasini ijaraga olib, Afğonistondagi harbiy amaliyotlar rejasiga köra, Honobodni havo zarbalarini berişda tayanç bazaga aylantirgandi. Bu jarayon 2005 yili yuz bergan maş'um Andijon voqealariga qadar davom etdi. Davlat rahbari 29 yanvarda aynan mana şu joyga kelib, harbiy texnika vositalarini közdan keçirgani MTRK telekanallari orqali namoyiş etildi. 

Barça sohada amalga oşirilayotgani kabi, Şavkat Mirziyoyev 9 yanvar kuni parlament tomonidan ma'qullangan mamlakatning yangi tahrirdagi Mudofaa doktrinasini imzolagandi. Unga köra, yangi tahrirdagi Mudofaa doktrinasi Özbekiston Respublikasining mudofaa salohiyatini oşiriş, professional armiyani tayyorlaş hamda "mudofaa maqsadidagi harbiy-texnikaviy sanoatni rivojlantiriş"ga yöl oçişi nazarda tutilgan. Ma'lum qilinişiça, 2018 yilda Özbekiston mudofaasi uçun YaIM 4 foizi miqdorda mablağlar sarf etilişi belgilangan. 

Şavkat Mirziyoyev avvalgi davrdan farqli ölaroq, 14 yanvar - Vatan himoyaçilari kunini keng nişonlaşga izn berdi. Ya'ni, birinçi marta Toşkent osmonida harbiy vertolyotlar paradi, joylarda askarlarning zamonaviy qurol aslahalari köz-köz qilindi. Mudofaa vazirligi 50dan ortiq aslahalar, şuningdek 200ga yaqin qurollarni jamoatçilikka taqdim qildi. 

Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin joriy yilning kuzida Özbekiston Respublikasiga davlat taşrifi bilan keladi.​ Bu haqda Özbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati​ ikki davlat rahbarlarining özaro telefon suhbatidan söng ma'lum qilgandi. Öylaymizki, harbiy-texnikalar böyiça kelişuvlarga sönggi nuqtani qöyiş, kelgusi hamkorlikni muhokama etiş uçraşuvning muhim mavzularidan biri bölişi tayin.

Alişer Rözioxunov