Özbekiston mudofaa vazirligi Rossiyadan 4 ta Mi-35M transport-jangovar vertolyoti oldi. Vertolyot zirhli texnikani yöq qiliş va quruqlikdagi qöşinlarni öt oçiş bilan qöllab-quvvatlaş uçun möljallangan
Bu haqda “Novosti Taşkenskogo Neba” Telegram-kanalida ma'lum qilingan. Ta'kidlanişiça, vertolyotlar hozirda Toşkent xalqaro aeroporti turargohida turibdi.

Avvalroq “Novaya gazeta” naşri 2019 yil 4-çoragida Özbekistonga 4 ta, 2020 yilda esa yana 8 ta Mi-35M vertolyoti yetkazib berilişini ma'lum qilgan.
Rossiyaning harbiy-texnik hamkorlik böyiça federal xizmati ma'lumotlariga köra, vertolyotlar Özbekistonga 2017 yilda taqdim qilingan davlat eksport krediti böyiça yetkazib berilgan.

Mi-35M yuqori aniqlikdagi zamonaviy qurol bilan qurollangan va turli ob-havo şaroitlarida kun böyi jangovar vazifalarni bajara oladi. Şuningdek, vertolyotlardan harbiylar va texnikani taşişda foydalaniş mumkin.













