Özbekiston 2018 yilda Rossiyaning önta Mi-35M vertolyoti böyiça şartnoma imzolagan, deb xabar bermoqda «Kommersant'». Yaqin vaqt içida Rossiya prezidenti Vladimir Putin harbiy-texnik hamkorlik böyiça komissiya majlisini ötkazadi, unda 2018 yilda qurol-yaroğ eksporti böyiça rasmiy natijalar e'lon qilinadi.

Natijalar kutilganidan yaxşiroq bölgan: Rossiya çet elga 15 milliard dollarlik qurol-yaroğ va harbiy texnika yetkazib berdi, 20 milliard dollardan ziyod qiymatdagi yangi şartnomalar imzolandi, bu eng katta körsatkiçlardan biri.

Mi-35M vertolyotlarini qöşni Qozoğiston ham sotib oladi - 2018 yilda Ostona (hozirgi Nur-Sulton) Moskva bilan sakkizta Su-30SM qiruvçi samolyoti, törtta Mi-35M vertolyoti va «Buk-M2E» zenit raketa tizimi divizionini xarid qiliş böyiça şartnoma imzoladi.

Markaziy bank hisobotiga köra, Özbekiston qurol-yaroğ va öq-dorilar importini oşirdi. 2018 yilda mamlakatda 0,7 million dollarlik qurol-yaroğ va öq-dorilar, ularning qismlarini sotib oldi. Bu raqamlar içida Mi-35M vertolyotlari bor yoki yöq ekani - noma'lum. 2017 yilda Rossiya Özbekistonga 12ta Mi-35 vertolyoti yetkazib berişi ma'lum bölgandi.