AQŞ hukumati 6 aprelda Rossiyaga qarşi yangi sanksiyalar kiritişiga investorlar darhol munosabat bildirib, Rossiya kompaniyalaridagi aktivlarini sota boşlaşdi. Şundan keyin rubl va RTS indeksi tuşib ketdi. Buning oqibatida rossiyalik dollardagi milliarderlar umumiy hisobda 12 mlrd dollardan köproq ziyon körişdi. Bundan Forbes ma'lumotlari darak bermoqda. 

Yangi sanksiyalar 26 jismoniy şaxs va 15 kompaniyani qamrab olgan.

Sanktsiyalardan eng köproq Oleg Deripaska zarar körgan. En+, US Rusal va Deripaska bilan boğliq yana 6 kompaniya sanksiyalar ta'siriga tuşgan. Rusal’ning Hongkong birjasidagi kotirovkalari 50 foizga tuşib ketgan, Deripaskaning davlati esa 1,3 mlrd dollarga kamaygan. 

Deripaskaning “Norilskiy nikel” böyiça hamkori Vladimir Potanin sanksiyalar röyxatiga tuşmagan bölsa-da şunça miqdorda zarar körgan. “Nornikel” aksiyalari 16 foizga qadrsizlanib ketgan. Uşbu kompaniyada Potaninga 32,9 foiz, Deripaskaga esa 27,8 foiz aksiyalar tegişli.

Eng köp zarar körgan rossiyalik milliarderlar uçtaligiga Viktor Vekselberg ham kirgan. U hamkorlari bilan birga Rusal’ning 26,5 foiz aksiyasiga egalik qiladi. Vekselbergning yöqotişlari deyarli 1 mlrd dollarni taşkil qilgan.   

Rossiyaning ayni vaqtdagi eng boy odami Vladimir Lisin yangi sanksiyalar röyxatiga kiritilmaganiga qaramay, 540 mln dollar zarar körgan. Şuningdek, “Severstal”ning eng yirik aksiyadori Aleksey Mordaşov 530 mln dollar, “Novatek” egalaridan biri Leonid Mixelson 800 mln dollar, senator Suleyman Kerimov 840 mln dollar, Roman Abramoviç 534 mln dollar, Vagit Alekperov 519 mln dollar zarar körganlar.

Rossiya hukumati AQŞ sanksiyalari ostiga tuşgan kompaniyalar kömak olişlarini aytgan. “Hukumat salbiy effektning oqibatlarini minimallaştiriş uçun barça zarur işlarni qilmoqda”, deb aytgan Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.