AQŞ Rossiyaning Suriyadagi kuçlariga zarba berilişi imkoniyatini istisno qilmayapti. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Sara Sanders matbuot anjumanda aytib ötdi.
“Bu barça variantlar körilayotganini anglatadi”, deb javob qilgan Sanders AQŞ prezidentining tvitterda Rossiyaga bildirgan tahdidlari nimani anglatişi haqidagi savolga.
Sandersning ma'lum qilişiça, AQŞ razvedkasi Suriyaning Şarqiy Gutasida kimyoviy qurol qöllanişiga “Damaşq va Moskva aloqadorligiga” şubha qilişga imkon bermaydigan ma'lumotlarni keltirgan.
Sandersning ta'kidlaşiça, zarba berilişi “javob çoralaridan biri bölib qolmoqda”, biroq Tramp bundan hali voz keçişi mumkin. Oq uy matbuot kotibining qöşimça qilişiça, bu masala böyiça AQŞ hamkorlari va ittifoqdoşlari bilan maslahatlaşmoqda.
11 aprelda Tramp tvitterda Rossiya Suriyaga raketa zarbalari berilişiga tayyor turişidan ogohlantirgandi. Uning aytişiça, Vaşington qöllaydigan qurol “yaxşi, yangi va “aqlli” böladi.
Avvalroq Rossiya qurolli kuçlari boş ştabi rahbari Valeriy Gerasimov agar AQŞning zarbasi bevosita rossiyalik harbiylarga ta'sir qilsa, Rossiya havo hujumiga qarşi mudofaa tizimlari AQŞ raketalari va uni taşuvçi samolyotlarni urib tuşirişidan ogohlantirgandi.












