Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 12 aprel kuni Ozarboyjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezidentning rasmiy saytida e'lon qilindi.
Davlatimiz rahbari Ilhom Aliyevni kuni keça bölib ötgan Ozarboyjon Prezidenti saylovida işonçli ğalabaga erişgani bilan samimiy tabrikladi.
Saylov natijalari qardoş Ozarboyjon xalqi Ilhom Aliyevni keng qöllab-quvvatlaşi va unga ulkan işonç bildirişini, davlat rahbarining şaxsiy xizmatlari hamda mamlakatda barqarorlikni, izçil iqtisodiy taraqqiyotni ta'minlaş, xalqaro nufuzini mustahkamlaş borasida amalga oşirilayotgan samarali siyosatni yuksak baholaşini yana bir bor namoyon etgani alohida ta'kidlandi.
Köp asrlik döstlik va strategik şeriklikka asoslangan Özbekiston va Ozarboyjon munosabatlari izçil rivojlanayotgani va mustahkamlanib borayotgani çuqur mamnuniyat bilan qayd etildi. Xalqlarimizning tarixi, madaniyati va dini umumiy, ma'naviy qadriyatlari, an'ana va urf-odatlari muştarak.
Turli darajadagi faol muloqotlar ikki tomonlama özaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirib, ularni aniq mazmun bilan boyitişga xizmat qilgani qayd etildi.
Özaro savdo hajmi barqaror yuksak sur'atlar bilan ösmoqda, ikki mamlakat yetakçi kompaniyalari iştirokida iqtisodiyot tarmoqlari, jumladan, neft-gaz majmuida istiqbolli kooperatsiya loyihalari işlab çiqilmoqda.
Yangi «Boku – Tbilisi – Axalkalaki – Qars» temir yöl magistrali, şubhasiz, butun mintaqada savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantiriş va tranzit salohiyatini röyobga çiqarişga xizmat qilişi alohida ta'kidlandi.
Faol madaniy-gumanitar almaşinuvlar davom etmoqda, qöşma tadbirlar muntazam ötkazilmoqda.
Davlatlar rahbarlari, şuningdek, Özbekiston-Ozarboyjon köp qirrali hamkorligi, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almaşdilar.
Muloqot yakunida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Ozarboyjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevni mamlakatimizga davlat taşrifi bilan kelişga taklif etdi.
Ozarboyjon Prezidenti davlatimiz rahbariga samimiy tabrik va ezgu tilaklar uçun çuqur minnatdorlik bildirib, Özbekistonga taşrif bilan keliş taklifini mamnuniyat bilan qabul qildi.












