Italiya politsiyasi Fransiyadan Italiya hududiga kirib kelgan minivenning içidan deyarli 2,5 kg trinitrotoluolni topdi. Bu haqda RIA «Novosti» mahalliy huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlariga asosan xabar bermoqda.

Amaliyot Monblan tumanidagi tunnelda ötkazilgan. Politsiyaçilar tekşiruv tadbirlari davomida oq furgonni töxtatişgan. Transport vositasi boşqaruvida Bosniya va Gertsegovinaning avval sudlangan 56 yoşli fuqarosi bölgani aytilmoqda.

Huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlari avtomobilning uskunalar paneli ostidan maxfiy joyni, u yerdan esa kiçik ğişt ölçamiga ega 10tadan ortiq öramni topişgan. Olingan modda umumiy oğirligi 2,4 kg bölgan trotil ekani aniqlandi.

Agentlikning mahalliy   OAVga asosan körsatişiça, tergov «terrorçilik izini» istisno etyapti. Şu bilan birga, trotil aynan qayerga yetkazib berilmoqçi bölgani noma'lum.