Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev korrupsiya va byurokratiyaga batamom barham beriş uçun aholiga xizmat körsatiş sohasida AKTni jadal rivojlantirişni taklif etmoqda. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar beradi.
13 aprel kuni Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida ötkazilgan yiğilişda davlat rahbari korrupsiya töğrisida gapirarkan, u rivojlanişimiz oldida turgan eng katta tuşovligini yaşirib ötirmadi.
«Biz korrupsiya va manmanlikni yöqotsak, hammasi yaxşi böladi. Mana, şu kunlarda «Davlat xizmatlari markazi»ni taşkil etiş ğoyasini qöllab-quvvatladik. Tez orada xizmat körsatişda elektronlaştiriş köpayadi», deydi prezident.
Bu nima degani? Endi tegişliça röyxatdagi ma'lumotnoma, qoğoz bilan oid hujjatlar ana şu markaz tomonidan elektron tarzda taqdim etiladi.
Masalan, oliy ta'lim muassasasida qabul imtihonlari uçun hujjatlarni abituriyent özi yaşab turgan tumandan çiqmasdan, masofadan turib, topşirişi mumkin. Yoki haydovçilik guvohnomasini oliş uçun viloyat markazidagi YHXB binosiga borib, navbat kutişi şart emas. Eng muhimi xizmatlarning elektron tizimga ötkazilişi ikki omilga qattiq ta'sir etadi: örtada inson omili aralaşmaydi (öz-özidan korruptsiogen holatlarga yöl qöyiş xavfi ança pasaygan) va köplab resurslar, jumladan, vaqt hamda xarajatlar iqtisod qilinadi.












