AQŞ strategik qömondonligi rahbari Jon Hayten Rossiyada «mağlub etib bölmaydigan» gipertovuşli qurol borligiga isbot yöqligini ma'lum qildi. Biroq, u bu masala böyiça Rossiya prezidenti Vladimir Putinning sözlariga e'tiborsizlik bilan qaramaslikka çaqirdi, deb xabar bermoqda Defense News.

«Men hozir buni aniqlaş uçun nimalar qilayotganimiz haqida heç narsa ayta olmayman. Men sizlarga bu raketalarning texnik xususiyatlarini ham oşkor eta olmayman. Biroq, men sizga şuni aytişim mumkinki, biz Rossiya va Xitoy gipertovuş böyiça imkoniyatlarini tekşirayotganini kuzatdik», - deya aytib ötdi Hayten.

Şuningdek uning ta'kidlaşiça, AQŞda uşbu qurol işlab çiqilayotgani yoki sinovdan ötkazilayotgani böyiça aniq ma'lumotga ega emaslar. 

«Sizlar Vladimir Putinning sözlariga e'tiborsizlik bilan qaraşingiz kerak emas, u nimaningdir ustida işlayotgani haqida gapirmoqda», - deya aytib ötdi u.