Turkiya poytaxtida işbilarmon kişilarning “EcoAvrasya” jamoatçilik birlaşmasi tomonidan ta'sis etilgan “Yevroosiyo oldidagi xizmatlari uçun” yuksak mukofotining dastlabki laureatlarini taqdirlaş marosimi bölib ötdi, deb yozmoqda “Xalq sözi”.
Tantanali tarzda taşkil etilgan marosimda uşbu davlat prezidenti R. Erdöğanning mafkura böyiça maslahatçisi Yolçin Topçi, fan, sanoat va texnologiyalar vaziri Faruk Ozli, Turkiya parlamenti a'zolari, xorijiy davlatlar, Anqarada akkreditatsiyadan ötkazilgan diplomatik missiyalar va xalqaro taşkilotlar vakillari iştirok etdi. Tadbirga “EcoAvrasya” raisi Hikmet Eren moderatorlik qildi.
X. Eren öz nutqida qayd etib ötganidek, mazkur birlaşma 2012 yildan buyon “Turk xalqlari oldidagi xizmatlari uçun” tanlovini ötkazib keladi. Unda mamlakatlar örtasidagi özaro aloqalarni rivojlantiriş va mustahkamlaşga salmoqli hissa qöşgan taniqli siyosatçilar va iqtisodiyot arboblari mukofotlanib kelinadi.
“Yevroosiyo oldidagi xizmatlari uçun” tanlovi esa ilk bor ta'sis etildi. Mazkur yuksak mukofot taqdim etilişi Yevroosiyo mamlakatlari örtasidagi özaro foydali munosabatlarni ravnaq toptirişga sezilarli hissa qöşgan şaxslar va institutlarga körsatilgan katta hurmat hamda ehtirom namunasi hisoblanadi.
“EcoAvrasya” uyuşmasi boşqaruvi kengaşi “Yevroosiyo oldidagi xizmatlari uçun” tanlovining asosiy nominatsiyasi ğolibligi uçun turli nomzodlarni örganib çiqdi va uni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevga berişga qaror qildi. Yuksak mukofot davlat rahbari tomonidan mamlakatda amalga oşirilayotgan va nafaqat respublika, balki mintaqani keng özgartirayotgan, materikda iqtisodiy aloqalarni faollaştirişning asosiy omiliga aylangan çuqur hamda jadal islohotlar uçun berildi.












