Yilning eng kutilayotgan hodisalaridan biri - "Boysun bahori" festivali. Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasining Facebook'dagi sahifasida xabar berilişiça, "Boysun bahori" festivali 28-29 aprel kunlari Surxondaryodagi Boysun şahrida bölib ötadi.

Manzarali toğ etaklarida joylaşgan bu joyning öziga xosligi şundaki, u yerdagi mahalliy xalq qadimiy urf-odat va an'analarini bugunga qadar saqlab qolgan. Bu an'analar tarixi esa bir neça ming yillarga borib taqaladi.
Mazkur festivalni ötkazişdan maqsad - nafaqat Boysunda, balki Özbekistonning boşqa hududlarida ham ardoqlab saqlanib kelinuvçi ötmiş merosini töplaş va namoyiş qiliş. Toğoldi hududlarida ötovli lagerlar, rastalar, sahnalar qurilib, ularda xalq ansambllari çiqiş qiladi. Maxsus maydonlarda polvonlarimiz kuraş, köpkari kabi milliy öyinlarda kuç sinaşişadi. Festivalga taşrif buyurgan mehmonlar dorbozlar, raqs dastalari dasturlarini tomoşa qilib, zavq olişlari mumkin va bularning bari jonli tabiat fonida röy beradi.

"Boysun bahori" festivalida Xalqaro aeronavtika assotsiatsiyasi delegatsiyasining iştirok etişi alohida e'tiborga loyiq. Ular Özbekiston şaharlari uzra parvozlar seriyasi doirasida Boysun uzra 5 havo şarini 100 metr balandlikka kötarişadi.











