
Hozirda «Istiqlol» san'at saroyi deb atalayotgan sobiq «Xalqlar döstligi» saroyiga avvalgi nomi qaytariladi. Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev payşanba kuni bölib ötgan videoselektor yiğilişida şunday taklif bilan çiqdi. Davlat rahbari matbuot xizmati bu haqda tegişli videolavhani e'lon qilgan.
Uruş paytida Ukraina, Belarus va Rossiyadan turli millatga mansub 1 milliondan ortiq aholi, şu jumladan 200 ming yoş bolalar Özbekistonga evakuatsiya qilingan. Xalqimiz ularga mehr berib, boşpana, oziq-ovqat, kiyim-keçak bilan ta'minlagan. Ayniqsa, juda köp özbek oilalari yetim bolalarni öziga farzand qilib olib, tarbiyalagan. Ana şulardan biri – 14 nafar yetim bolani öz tarbiyasiga olgan toşkentlik temirçi Şoahmad Şomahmudov xonadonidir, degan Şavkat Mirziyoyev.
«Yer yuzidan juda kamdan-kam davlat va millat bunday yuksak insoniy fazilatlar bilan ğururlanişi mumkin. Vaqt ötgan sari Şomahmudovlar oilasi körsatgan bu qahramonlikning ahamiyati va qadri tobora oşib bormoqda», - deya ta'kidlab ötdi prezident.
«Tarixiy haqiqatni qaror toptiriş, xalqimizning ezgu fazilat va qadriyatlarini abadiylaştiriş uçun Şomahmudovlar oilasiga bağişlangan Xalqlar döstligi, deb nomlangan yodgorlik ansamblini poytaxtimiz markazidagi maydonga qaytarsak adolatli bölardi», - deya qayd etgan davlat rahbari.
Toşkentning Şayxontohur tumanidagi köçaga Şomahmudovlar nomi qaytariladi. Metro bekati ham «Xalqlar döstligi», maydon ham Döstlik maydoni, «Istiqlol» san'at saroyi ham «Xalqlar döstligi» deb qaytariladi, dedi Şavkat Mirziyoyev.
«Bizning bağrikengligimiz ota-bobolarimizdan qolgan va qoladi. Ilohim, bolalarimizga ham şu ötsin. Ana şu adolat böladi», - deya ta'kidlab ötdi prezident.











